Marmar churrak
Marmar churrak (lotincha: Marmaronetta angustirostris) — oʻrdaksimonlar (Anatidae) oilasiga mansub qush.
Tarqalishi
tahrirAmudaryo xavzasining Termizdan Urganchgacha boʻlgan qismi (Dengizkoʻl, Yettikoʻl, Chochqaxona, Xadicha Termiz xududining Amudaryo qayirlari, Dengizkoʻl-nomuntazam qishlash). Zarafshon daryosi vohasi (Toʻdakoʻl va Buxoro ixtisoslashgan „Jayron“ pitomnigi hududida — oʻtmishdagi uyalash joylari). Oʻzbekistondan tashqarida: Qozogiston,Turkmaniston, Ozarbayjon (uyalash), Ispaniya Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyo (uyalash, qishlash); Hindiston va Pokiston (qishlash).
-
Marmar Churrak
Yashash joylari
tahrirSuv va qirgʻoq boʻyi oʻsimliklari yaxshi rivojlangan, sayoz, chuchuk va nimshoʻr suvli xavzalar.
Soni
tahrir1960-yillargacha Amudaryo va Sirdaryo xavzalarida koʻp uchrar edi. Xozirda koʻpchilik yashash joylarida yoʻq boʻlib ketgan. 0,5-1,5 ming donasi gala-gala (15 tagacha) boʻlib uchib oʻtadi. Kuzda yirik suv xavzalarida 200-400 tagachasi toʻplanadi. Dengiz koʻlda koʻpi bilan 2 juft ,Yettikoʻl va Choʻchqa xonada1-2 tadan, Xadichada 2-3juft uyalaydi. Nomuntazam qishlaydi. Dengiz koʻlda 2003-yil 120ta qush, 2006-yil 14ta 2009-yil 6ta qishlab qolgan. Dunyodagi populyatsasi boʻyicha trendi aniqlanmagan.
Yashash tarzi
tahrirBahorgi uchib oʻtishi fevral martda, kuzgisi-oktabrda. May oyida 9-15ta tuxum qoʻyadi va 25-27 kun bosadi. Suv oʻtlari va umirtqasizlar bilan oziqlanadi.
Koʻpaytirish
tahrirYevropa parvarish xonalari va hayvonot bogʻida koʻpaytiriladi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |