Marmar oniksikarbonatli jins; mayda kristalli zich, yarim shaffof, qatlamli oqiq; asosan, kalʼsitdan iborat, baʼzan aragonit bilan birga uchraydi. Issiq mineral buloqlardagi karbonatli minerallarning choʻkishidan vujudga keladi. Marmar oniksining notoʻgʻri navbatlangan qatlamlaridagi oq, sariqpushti, sariq-yashil va qoʻngʻir rangli alohida qatlamlari sayqal berilgan yuzada nihoyatda goʻzal manzarali bezakni hosil qiladi. Birxil yoki turli xil rangdagi yoʻllarning qalinligi millimetrning bir necha ulushidan bir necha sm gacha boʻladi. Bir xil tarkibli, yoʻlyoʻl teksturali xillari manzaralibadiiy, mozaika va qoplama bezak ishlarida qoʻllanadi. Oʻzbekistonda va qoʻshni mamlakatlarda (Turkmaniston, Tojikiston va boshqalar) baʼzi gʻorlarda uchraydi, shuningdek, Armaniston, Jazoir, Misr, Argentina, Meksika va boshqa mamlakatlarda ham mavjud.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil