Marmar tarvuz — oʻrtapishar tarvuz navi. Hozirgi Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik institutida Astraxon tarvuz navidan yakka tanlash usuli bilan yaratilgan. Marmar tarvuz oʻrtapishar tarvuzlar orasida eng tezpishar va shirin nav. Palagi oʻrtacha kattalikda, barg shakli konussimon, rangi yashil, barg shapalogʻining orqa tomoni kulrang. Tarvuz shakli sharsimon, rangi och yashil, silliq yuzasida bir-biridan turli masofada joylashgan yashil tasmalari bor, vazni 2,5—3 kg gacha. Eti qumoq, malina rangida, sersuv, sershira. Meva sharbati tarkibida 7,9% quruq modda, 6,9% qand mavjud. Urugʻi mayda, jigarrang . Hosildorligi 150—200 s/ga. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil