Marokashliklar, marokash arablari — xalq, Marokashning asosiy aholisi (19,4 mln.kishi). Jazoir (70 ming kishi), Tunis (15 ming kishi), Fransiya (500 ming kishi), Belgiya (100 ming kishi)da va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. Umumiy soni 20,35 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Arab tilining marokash shevasida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Xalq xoʻjaligining yetakchi sanoat tarmoqlari — avtomobilsozlik, mahalliy va xalqaro turizm, qurilish sanoati, oʻrmon xoʻjaligi, vinochilik, tamaki, sitrus mevalari yetishtirish. Marokashliklar sanoatida rezina, probka, fosfat yetakchi oʻrin egallaydi. Marokashliklar azaldan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, kosiblik va savdogarlik bilan shugʻullanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil