Marrambidgi (inglizcha: Murrumbidgee River) — Avstraliyaning jan.-sharqiy qismidagi dare, Murrey daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 2172 km, havzasining maydoni 165 ming km². Avstraliya Alp togʻlarining shim. tizmalaridan boshlanib, Avstraliyaning jan.sharqiy tekisliklaridan oqadi. Asosiy irmogʻi — Laklan daryosi. Suv oqimi tartibga solingan (Barrinjak suv ombori va GES qurilgan). Oʻrtacha suv sarfi 77 m³/sek. Sugʻorishda foydalaniladi. Yomgʻirli mavsumda suvi koʻpayib, UoggaUogga shahrigacha kema qatnaydi, quruq mavsumda baʼzan suvi qurib qoladi.[1]

Marrambidgi
Tavsif
Uzunligi 1 488
Joylashuvi
Davlat Avstraliya
Marrambidgi

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil