Marsel — Fransiyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Oʻrta dengizning Lion qoʻltigʻi sohilida, Rona daryosi etagida. Bush-dyu-Ron departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 855 ming kishi (2013). Kattaligi va ahamiyati jihatidan mamlakatda Parijdan key-in 2-oʻrinda. M. — mamlakatning eng yirik porti (yuk ortib-tushirish 90 mln. t dan ziyod). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Marsel va avtomobil yoʻllari tuguni.

Fayl:MarseillePaysage.jpg
Marsel

Shaharga miloddan avvalgi 6-asrda yunonlarning Massaliya koloniyasi sifatida asos solingan. Miloddan avvalgi 1-asrdarimliklar egallagan. Miloddan avvalgi 6-asrdan Franklar davlati, 11-asrdan Provans grafligi, 1481-yildan Fransiya qirolligi tarkibida. M. — mamlakatning muhim sanoat markazi. Neftni kayta ishlash, neft kimyosi, kimyo, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik, samolyotsozlik) sa-noatlari rivojlangan. Oziq-ovqat, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari mavjud. M.dan Strasbur va Karlsrue shaharlariga neft quvurlari oʻtkazilgan. Metropoliten qurilgan. Fanlar va sanʼat akademiyasi, 2 universitet, konservatoriya, arxeologiya, nafis sanʼat va boshqa muzeylar, akvarium, botanika va hayvonot bogʻlari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Rim qalʼasi qoldiqlari, Sen-Viktor cherkovi (11 — 15-asrlar), La-Major sobori (12-asr), ratusha, bazilika (1864) va boshqa saqlangan. Turizmning yirik markazi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil