Marshal (fransuzcha: marchal) — 1) oʻrta asrlarda Fransiyada saroy mulozimlari unvoni (16-asrgacha); 2) bir qancha davlatlar (Fransiyada 16-asrdan) armiyalaridagi oliy harbiy unvon; M. unvoni 19-asrda Ispaniya, Turkiya (mushir), Italiya, Yaponiya, 20-asrda Buyuk Britaniya, Hindiston, Polsha, Finlandiya, Ruminiya, Xitoy, Koreya, Mongoliya, Bolgariya va boshqa davlatlarga kiritilgan. Buyuk Britaniya, Prussiya (keyinroq Germaniya), Avstriya (keyinrok, Avstro-Vengriya) va Rossiyada M. unvoni general-feldmarshal unvoniga muvofiq keladi. Hozirgi Rossiya armiyasida oliy harbiy unvon; 3) Polipada — baʼzi mansabdor grajdan shaxslar unvoni (seym M.li, seymvitse M.li).[1]

Feldmarshal ertsgertsog Fridrixga tegishli bo'lgan marshallik shezli. Venadagi Harbiy-tarixiy muzey eksponati.
rossiya general-feldmarshalining mundiri. (1793-yil).

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil