Marshall Warren Nirenberg
Marshall Warren Nirenberg (1927.10.4, Nyu-York) - amerikalik biokimyogar. AQSH milliy Fanlar akademiyasi (1967) va Amerika sanʼat va fan akademiyasi (1966) aʼzosi. Michigan universiteti (1952—57), Artritlar va moddalar al-mashinuvi kasalliklari instituti (1957— 62) ilmiy xodimi, 1962-yildan Lingov yurak kasalliklari milliy instituti bio-kimyo genetikasi laboratoriya mudiri. Asosiy ishlari genetik kodning mazmunini ochib berishga bagʻishlangan. U poliuridil kislota polifenilalaninni sintez qilish uchun matritsa bulib xizmat qilishini isbotlab berdi. Nobel mukofoti laureati (1968, R. Xolli va X. G. Korana bilan hamkorlikda).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |