Marten Pyer
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Pierre-Émile Martin (1824.18.8, Burj, Fransiya — 1915.25.5, Furshambo, Fransiya) — fransuz metallurgi, alangali pechda poʻlat eritish asoschisi. Konchilik maktabini bitirgandan soʻng otasining metallurgiya zavodida ishlagan; 1854—83 yillar metallurgiya zavodi direktori. Regeneratorsh alangali pechda quyma poʻlat olish usulini taklif qilgan (1864). Bu pech keyinchalik marten pechi nomini olgan. M. taklif qilgan marten jarayoni metallurgiyada 19-asr 70-yillaridan boshlab hozirgacha keng qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |