Martha Scott (1912-yil 22-sentyabr — 2003-yil 28-may[1]) — amerikalik aktrisa[2].

Martha Scott
Tavalludi 1912-yil 22-sentyabr
Vafoti 2003-yil,28-may (90yoshida)
Los Angeles, California
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi University of Michigan (BA)
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1940–1990-yillar
Turmush oʻrtogʻi Carlton Alsop
Bolalari 3 ta

Faoliyati

tahrir

Martha Scott Cecil B. DeMillening „The Ten Commandments“ (1956) va William Wylerning „Ben-Hur“ (1959) filmlarida Charlton Xeston ismli qahramonning onasini rolini oʻynagan. U 1938-yilda Thornton Wilderning „Our Town“ filmida Emily Webb rolini ijro etgan. 1940-yilda esa filmning yangi versiyasida ushbu rolni qayta yaratgan hamda bu roli uchun „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan.

Karyerasi

tahrir
 
Frank Craven, Martha Scott va John Craven „Our Town“ spektaklida (1938)

Scott 1934-yilda Chicagoda boʻlib oʻtgan „Taraqqiyot asri“ jahon yarmarkasida Shekspirning qator spektakllarida „Globe“ teatr truppasi bilan ishtirok etgan. Kollejni tugatgandan soʻng Nyu-York shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda sahna asarlari va radio dramalarida ishlay boshladi. 1938-yilda Brodveydagi debyutini Thornton Wildening „Our Town“ pyesasida amalga oshirdi.

Scott keyingi toʻrt dekada davomida barqaror ijod qildi hamda „The Ten Commandments“, „Ben-Hur“, „The Desperate Hours“ va „Airport 1975“ kabi yirik epiklarda koʻrinish berdi. U Charlton Xeston bilan mana shu vaqt davomida ham sahnada, ham ekranda tez-tez rollar ijro etgan.

1968-yilda Henry Fonda va Robert Ryan bilan birgalikda „Plumstead Playhouse“ deb nomlangan teatrga asos solishdi. Uning soʻnggi spektakli Gollivuddagi teatrda namoyish etilgan „Twelve Angry Men“ boʻlgan.

Mukofotlari

tahrir

Martha Scottning teatrdagi hissasi uchun Gollivud shon-shuhrat xiyobonining 6126-bulivarida uning sharafiga yulduz qoʻyilgan[3].

Filmografiyasi

tahrir
  • Our Town (1940) — Emily Webb
  • The Howards of Virginia (1940) — Jane Peyton-Howard
  • Cheers for Miss Bishop (1941) — Ella Bishop
  • They Dare Not Love (1941) — Marta Keller
  • One Foot in Heaven (1941) — Hope Morris Spence
  • Stage Door Canteen (1943) — Martha Scott
  • Hi Diddle Diddle (1943) — Janie Prescott Phyffe
  • In Old Oklahoma (1943) — Catherine Elizabeth Allen
  • So Well Remembered (1947) — Olivia
  • Strange Bargain (1949) — Georgia Wilson
  • When I Grow Up (1951) — Mother Reed[4]
  • Charlotteʼs Web (1973)
  • Summer Girl (1983) — Martina Shelburne
  • Adam (1983) — Gram Walsh
  • Magnum P. I. (1983) — Jeanie LaSalle
  • Doinʼ Time on Planet Earth (1988) — Virginia Camalier
  • Daughter of the Streets (1990) — Sarah

Manbalar

tahrir
  1. Martin, Douglas. „Martha Scott, Original Emily in 'Our Town', Dies at 88“ (2003-yil 31-may). Qaraldi: 2015-yil 12-noyabr.
  2. Thise, Mark. Hollywood Winners & Losers A to Z. Limelight Editions, 2008 — 158-bet. ISBN 978-0-87910-351-4. 
  3. „Martha Scott“. Los Angeles Times. Qaraldi: 2015-yil 12-noyabr.
  4. „Actress Martha Scott Dies, Aged 90“. Breaking News (2003-yil 31-may). 2018-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.

Havolalar

tahrir