Martin Lutir King III (1957-yil 23-oktyabrda tugʻilgan) – amerikalik insonlar huquqlarini himoya qiluvchi ijtimoiy faollaridan biri, xayriyachi va advokat. Fuqarolik huquqlari yetakchi rahbarlari Martin Luther King Jr. va Coretta Scott Kingning katta oʻgʻli, 1997-yildan 2004-yilgacha Janubiy Xristian liderlik konferentsiyasining toʻrtinchi prezidenti boʻlib xizmat qilgan. 2024-yil holatiga koʻra, Virginia universitetida amaliyot professori boʻlib faoliyat yuritadi.


2023-yildagi tasviri
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-oktyabr 1957-yil (1957-10-23) (67 yosh)
Montgomery (Alabama), AQSH.
Siyosiy partiyasi Demokratlar partiyasi
Turmush oʻrtogʻi
Arndrea Waters (turm. 2006)
Bolalari Yolanda Renee King
Ota-onasi Martin Luther King Jr. (otasi) Coretta Scott King (onasi)
Taʼlim Morehouse College

Hayoti

tahrir

Martin Luther King III 1957-yilning 23-oktyabr sanasida Alabama shtatining Montgomery shahridagi Sent-Jud shifoxonasida dunyoga kelgan[1]. Martinning onasi farzandiga oʻz otasini ismini qoʻyishga ikkilangan, sababi bu ism farzandiga kelajakda yuk boʻlishi ham mumkin edi, ammo King Jr oʻgʻliga Martin Luther III deb ism berishni xohlagan[2]. Martin Luther tugʻilgan vaqtda uning otasi Janubiy Xristian liderlar konferensiyasida boʻlgan va konfrensiya aʼzolariga oʻgʻillik boʻlganligini eʼlon qilgan[3]. Martinning tugʻilishi onasining sanʼatdan uzoqlashishiga sabab boʻlgan va uning onasi vaqtini ogʻli va katta singlisi Yolandaga gʻamxoʻrlik qilish uchun sarflagan[4].

Manbalar

tahrir
  1. Company, Johnson Publishing. Jet (en). Johnson Publishing Company, 2006-02-20. 
  2. Gettleman, Jeffrey. „M.L. King III: Father's path hard to follow.“. Los Angeles Times (2001-yil 5-avgust). Qaraldi: 2008-yil 14-sentyabr.
  3. Manheimer, p. 46.
  4. Bagley, p. 148.