Marvirud
Marvirud, Marvarrud (arabcha: مرو الروذ, forscha: مرورود) — Bolo Murgʻob yoki Maruchaq[1] shahrining eski nomi. Murgʻob daryosining boʻyida (Afgʻoniston hududida) joylashgan. Tarixiy manbalarga qaraganda Marvirud oʻrnida qadimda Iskandar Makduniy tomonidan Margʻiyonada qurilgan Aleksandriya shahri boʻlgan, keyinchalik uni salavkiylardan Antiox qayta tiklagan. Ilk va rivojlangan oʻrta asrlarda Marvirud muhim strategik shahar va istehkom sifatida mashhur boʻlgan. Marvirud nomi soʻnggi bor Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"sida uchraydi. Yazdiyning qayd etishicha, uning davrida shahar Murgʻob nomi bilan mashhur boʻlgan.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ Известия АН Туркменской ССР. — АН Туркменской ССР, 1970. — с. 35.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |