Mary Helen Johnston (talaffuzi: Meri Helen Jonston 1945-yil 17-sentyabrda tugʻilgan), 1960 va 70-yillarda NASA da muhandis sifatida ishlagan. Jonston yoshligidan astronavt bo'lishni orzu qilgan; U 1980-yilda NASA da ishlash uchun ariza topshirdi, ammo urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Mary Helen Johnston
Tavalludi 17-sentyabr 1945-yil (1945-09-17) (79 yosh)
West Palm Beach, Florida, AQSH
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Olim, kosmonavt
Millati amerikalik
Kosmik karyera
Missiyalar STS-51-B
Isteʼfo 6-may, 1985-yil(1985-05-06)

Erta hayot va ta'lim

tahrir

Johnston Florida shtatidagi West Palm Beach shahrida tug'ilgan. Fort Pirsda o'sib ulg'aygan. Bolalik payitlarida, uyi yaqinida joylashgan Kennedi kosmik markazi uning muhandislik va kosmik tadqiqotlarga qiziqishini kuchaytirdi[1].

Jonston 1966-yilda Florida Davlat Universitetida (FSU) muhandislik fanlari bakalavri, hamda1969-yilda magistr darajasini olgan.1973-yilda, u Devid X. Bolduin rahbarligi ostida, Florida universitetida[2][3] metallurgiya muhandisligi bo'yicha doktorlik unvoniga sazovor bo'ldi. Jonston FSUdan muhandislik darajasini olgan birinchi ayol edi.

NASA faoliyati

tahrir

Jonston 1963-yildan 1968-yilgacha muhandislik tadqiqotlari davomida NASAning Marshall kosmik parvozlar markazida (MSFC) ishladi.

 
Jonston (chapda, o'tirgan) va uning hamkasblari 1974-yilda besh kunlik GPL mashqlarida

1974-yilda u Doris Chandler, Kerolin S. Griner va Enn Whitaker bilan MSFC laboratoriyasida (GPL) kosmik missiyani simulyatsiya qilish jarayonida ishlagan. Olib borilgan tadqiqotlar 4-sonli kontseptsiyani tekshirish testi (CVT) deb ataladi. Jonston uchta ilmiy tajribaga rahbarlik qildi va o'z hamkasblariga Spacelab-da qo'llaniladigan usullarni ishlab chiqishda yordam berdi.

 
Jonston (chapda) 1973-yilda kosmonavtlarni tayyorlash paytida


1983-yil 5-iyunda[4] u STS-51-B Spacelab missiyasi ( Spacelab-3 guruhi ) uchun zahira ekipajining bir qismi sifatida tanlangan[5][6]. U hech qachon kosmosga uchmagan[7]. Spacelab uchun Jonston olim sifatida tanlandi, xususan materialshunoslik sohasidagi bilimi, unga katta yordam bergan[5]. Missiya menejeri Jozef Kremin uning tanlovi haqida shunday deb yozgan: “Oldindagi ish qiyin va vaqt qisqa. Shuning uchun bu topshiriqni malakali doktor Jonstonga ishonib topshiramiz. Uning bu topshiriqni namunali bajarishiga ishonamiz”[3].

Keyinchalik Jonston missiyadagi ishtiroki haqida gapirdi:[1]

Men kosmosda ishlab chiqarilishi mumkin bo'lgan narsalar ustida ishlashga juda qiziqdim. Men tadqiqotchi, olim va muhandis bo'lganim uchun, buni qilishning eng yaxshi yo'li u yerga ko'plab jihozlar bilan chiqish edi. Bu juda qiziqarli edi, ayniqsa siz ilmiy xodim bo'lsangiz, chunki u yerda astronomiya bo'yicha tajribalar, kalamush va maymunlar bilan turli tadqiqotlar o'tkazilardi. Bu xalqaro kosmik labaratoriya edi.

U 1985-yil 6-mayda astronavtlik faoliyatini yakunladi[4].

Keyingi martaba

tahrir

Jonston 1986-yilda NASAni tark etib, Makkey nomi bilan tanilgan - Tennessi universiteti kosmik institutida professor xodim sifatida faoliyat olib bordi. Keyinchalik u 2003-yilda Florida Texnologiya Instituti (FIT) vodorod tadqiqotlari milliy markazi direktori etib tayinlandi[3]. U doktor T. Dueyn Makkeyga turmushga chiqqan, u ham NASAning sobiq muhandisi, FIT prezidenti va bosh direktori[1].

Ixtirochi sifatida Jonston yigirmata patentga ega bo'lib, ularning ko'pchiligi lazerli sirtni o'zgartirishga doir. Tennessi universitetida Jonstonning lazerli yuzalarni qoplash bo'yicha ixtirolaridan biri ko'plab mukofot va maqtovlarga sazovor bo'ldi. 2018-yilda u Milliy ixtirochilar akademiyasining a'zosi etib tayinlandi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Datzman, Ken. „FIT's Mary Helen McCay blazes trail at FSU, NASA, named Fellow of elite NAI“. Brevard Business News (2018-yil 19-fevral). 2020-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-mart.
  2. Shayler, David. Women in Space - Following Valentina. Springer Science & Business Media, August 29, 2006. ISBN 978-1-84628-078-8. Qaraldi: 2019-yil 23-aprel. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Croft, Melvin. Come Fly with Us: NASA's Payload Specialist Program. University of Nebraska Press, 2019. ISBN 978-1-4962-1224-5. 
  4. 4,0 4,1 „Astronaut Biography: Mary Johnston“. Space Facts. Qaraldi: 2020-yil 1-mart.
  5. 5,0 5,1 NASA. „Spacelab 3 payload specialist group named“ (1983-yil 1-iyul). 2020-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  6. NASA. „Varied flight assignments made“ (1984-yil 29-iyun). 2020-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  7. NASA. „Woman Scientists and Engineers Train In Simulated Weightless Environment“ (2014-yil 27-mart). Qaraldi: 2020-yil 1-mart.