Masʼud al-Kushoniy

imom, mudarris

Masʼud ibn al-Hasan ibn al-Husayn al-Kushoniy (Abulmaoliy) — fozil imom, xulqi-atvori chiroyli va ishlari goʻzal inson boʻlgan. U Samarqandda bir qancha muddat xatiblik lavozimida faoliyat koʻrsatgan, hadislar aytib, imlo (aytish) bilan shugʻullangan. Shuningdek, Qusam madrasasida mudarrislik ham qilgan. Buxoroda oʻgʻli undan hadislar rivoyat qilgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Masʼud al-Kushoniy milodiy 1145-yil (hijriy 540-yil) vafot etgan[1].

Masʼud al-Kushoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy yil (hijriy yil)
Vafoti milodiy 1145-yil (hijriy 540-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi imom, muddaris

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 104-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.