Masan — Janubiy Koreyadagi shahar. Kyonsan-Namdo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 422 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Chinxeman qoʻltigʻi (Koreya boʻgʻozi)dagi port. Kemasozlik, elektrotexnika, harbiy, toʻqimachilik, oziqovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shahar yaqinida GES qurilgan. Baliq ovlanadi va qayta ishlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil