Masat ota masjidi
Masat ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Masat ota jome masjidi
Masat ota | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻstonliq |
Manzil | Dusen qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Saylgoh mahalla fuqarolar yigʻini Butanov koʻchasi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Sayidali domla Parmonov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirMasat ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Dusen qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Saylgoh mahalla fuqarolar yigʻini Butanov koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tashabussi bilan jome masjid uchun 0.30 gektar joyda 500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Dusen qishloq fuqarolar yigʻini, Saylgoh mahalla fuqarolar yigʻini, Butanov mahalla fuqarolar yigʻini, Chinor mahalla fuqarolar yigʻini, Aydarlik mahalla fuqarolar yigʻini, Kushek mahalla fuqarolar yigʻini, salomatlik mahalla fuqarolar yigʻini, Islohot mahalla fuqarolar yigʻini, Izzat mahalla fuqarolar yigʻini, Karamanas mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Sayidali domla Parmonov hisoblanadi.
Tarixi
tahrirMasat ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 15-fevral kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi.
Manbalar
tahrir- ↑ „МАСАТ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
- ↑ „"МАSАТ-АТА" MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.