Masdar (arabcha:مصدر‎), Abu Dabi Future Energy Company nomi bilan ham tanilgan, Birlashgan Arab Amirliklarining davlatga tegishli qayta tiklanuvchi energiya kompaniyasi. 2006-yilda Mubadala Investment Company shoʻba korxonasi sifatida Sulton al-Jobir tomonidan tashkil etilgan. Kompaniya toza energiyani rivojlantirish va barqaror shahar rivojlanishini taklif qiladi[1][2]. Kompaniya Xalqaro qayta tiklanadigan energiya agentligining bosh qarorgohi boʻlgan Masdar Siti qurilishi uchun mas’uldir.

Masdar
Turi Davlat kompaniyasining shoʻbasi
Tarmogʻi Qayta tiklanadigan energiya
Qachon asos solingan 2006-yil
Joylashuvi Abu-Dabi
Hududiy xizmati BAA va butun dunyo
Asoschi(lari) Sulton Ahmad al-Jobir (hamda rais)
Prezidenti Muhammad Jamil al-Ramahiy
Vebsayti masdar.ae

Tarixi

tahrir

2006-yilda BAA hukumati butun resurslarni diversifikatsiya qilish va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun Abu Dabi Future Energy Company PJSC (Masdar) ni tashkil etdi[3][4].

Sulton al-Jobir 2006-yilda tashkil etilgan Masdar kompaniyasining asoschisi va bosh direktori lavozimida ishlagan[5][6]. 2009-yilda u Masdarning taklifini Janubiy Koreyaga muvaffaqiyatli yetkazib, Xalqaro qayta tiklanadigan energiya agentligi (IRENA) shtab-kvartirasining Masdar Cityda boʻlishi taʼminladi[7].

2022-yil dekabr oyida Abu-Dabi milliy energetika kompaniyasi PJSC (TAQA), Mubadala Investment Company (Mubadala) va Abu Dabi milliy neft kompaniyasi (ADNOC) qayta tiklanadigan energiya va yashil vodorodga yoʻnaltirilgan global toza energiya quvvatini yaratish uchun Masdar brendi ostida hamkorlik qilishlari eʼlon qilindi[8][9][10].

2023-yilgi BMTning Iqlim oʻzgarishlari boʻyicha konferensiyasida (COP28) Masdar siyosatchilar va ekologlar tanqididan oʻz ishini himoya qilish uchun lobbichilar va jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha ishlovchi First International Resources yollaganini maʼlum qildi. Masdar raisi va asoschisi Sulton al-Jobir COP28 prezidenti edi. Shartnomaga koʻra, konsalting al-Jobir haqidagi salbiy matbuot xabarlariga javob berishi va ularni yoʻq qilishi kerak edi[11][12]. The Guardian xabariga koʻra, The Guardian al-Jobir COP28 prezidenti etib tayinlanganini eʼlon qilgan kunning ertasida Al-Jobirning Masdardagi rolini yanada koʻproq koʻrsatish uchun Masdar tomonidan haq toʻlangan Vikipediya foydalanuvchisi onlayn ensiklopediyani tahrirlagan[13].

Loyihalari

tahrir

Dogger Bank ShES

tahrir

2023-yilning 1-dekabrida Masdar Buyuk Britaniyaning Dogger Bank shamol elektr stansiyasi loyihasiga 11 milliard funt sterlinglik sarmoya kiritishi toʻgʻrisida kelishib oldi[14]. Bitim Amirliklarda boʻlib oʻtgan COP28 sammitida qabul qilindi[14].

Masdar City

tahrir

Masdar City Abu-Dabida joylashgan barqaror shaharni rivojlantirish loyihasi boʻlib, Masdar tomonidan 2008-yilda ishga tushirilgan va 2016-yilgacha uglerodsiz shahar boʻlishga moʻljallangan[15][16][17]. Shahar qisman Masdar City 10 MVt quyosh elektr stansiyasi tomonidan quvvatlanadi, bu BAAdagi birinchi tarmoqqa ulangan qayta tiklanadigan energiya loyihasi va 2009-yil ochilganida Yaqin Sharqdagi eng yirik loyihadir. Masdar City 1-bosqichi sifatida ishlab chiqilgan binolar tomida qoʻshimcha 1 MVt dan PV oʻrnatilgan[17][18][19][20]. Masdar Cityda sunʼiy intellekt (AI) universiteti mavjud boʻlib, u 2019-yilda oʻz faoliyatini boshlagan. Muhammad bin Zayed sunʼiy intellekt universiteti (MBZUAI) shayx Muhammad bin Zayd nomi bilan atalgan oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi[21][22][23].

Shams Quyosh elektr stansiya

tahrir

Shams 1 – 100 MVt quvvatga ega parabolik oluk texnologiyasidan foydalanadigan konsentratsiyali quyosh elektr stantsiyasi. U 175 000 tonna karbonad angidrid oʻrnini bosadi va uning ishlab chiqarish quvvati 20 000 uyni energiya bilan taʼminlashga yetadi. Stansiya 258 048  parabolik nometall oynalar, 192 petel quyosh kollektorlari, har bir petelda 8 quyosh kollektorlari toʻplamlari, 768 quyosh kollektorlarini yigʻish birliklari va 27 648 dona absorber quvurlaridan tashkil topgan. Quyosh elektr stansiya taxminan 2.5 square kilometre (0.97 kv mi) maydonni egallaydi[24][25].

Manbalar

tahrir
  1. „Masdar Abu Dhabi Future Energy Co“. Bloomberg. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
  2. „Masdar (Abu Dhabi Future Energy Company)“. Devex. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
  3. „Masdar Initiative Supports Clean Energy | UAE Embassy in Washington, DC“ (en). Masdar Initiative Supports Clean Energy | UAE Embassy in Washington, DC. Qaraldi: 2023-yil 24-yanvar.
  4. „Mohamed bin Zayed Launches Abu Dhabi Powerhouse to Develop World-Leading Portfolio in Clean Energy“ (en). www.mediaoffice.abudhabi. Qaraldi: 2023-yil 24-yanvar.
  5. „Abu Dhabi programme drives adoption of solar power“ (en). gulfnews.com (2007-yil fevral). Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
  6. „Masdar Initiative Supports Clean Energy | UAE Embassy in Washington, DC“ (en). Masdar Initiative Supports Clean Energy | UAE Embassy in Washington, DC. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
  7. Staff Writer. „UAE submits bid for IRENA HQ“.
  8. „UAE's ADNOC, Taqa and Mubadala complete Masdar stake deal“ (en). Reuters (2022-yil 8-dekabr).
  9. „Mohamed bin Zayed Launches Abu Dhabi Powerhouse“. Adnoc.
  10. „Taqa, Adnoc, Mubadala complete transaction for stake in Masdar“. www.gulftoday.ae.
  11. Kerr, Simeon; Mooney, Attracta; Temple-West, Patrick. „UAE-owned company hires lobbyists to deflect climate talks criticism“. Financial Times (2023-yil 12-avgust).
  12. Joselow, Maxine. „Host of U.N. climate summit moves to ‘counteract all negative press’“ (en-US). Washington Post (2023-yil 11-avgust).
  13. „Cop28 president’s team accused of Wikipedia ‘greenwashing’“. The Guardian (2023-yil 30-may).
  14. 14,0 14,1 „Sunak wraps up 11-hour Cop28 trip with new deal for UK wind farm“. The Independent (2023-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
  15. „Work starts on Masdar city“. Arabianbusiness.
  16. Corporate Spotlight usuaebusiness.org
  17. 17,0 17,1 tlemke. „What We Can Learn From Masdar City“. U.S. Chamber of Commerce Foundation (2015-yil 30-iyul). Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.
  18. Name. „Gulf states turn from oil to embrace the energy transition“ (en-US). Investment Monitor (2021-yil 14-aprel). Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.
  19. Developing renewable energy projects pwc.com
  20. Sankaran, Venkatanarayanan; Chopra, Ashok (2020). "Creating Global Sustainable Smart Cities (A Case Study of Masdar City)". Journal of Physics: Conference Series 1706 (1): 012141. doi:10.1088/1742-6596/1706/1/012141. 
  21. „World's first artificial intelligence university to open in Abu Dhabi“. The National (2019-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  22. Network. „Abu Dhabi unveils world's first Artificial Intelligence university“ (en). INQUIRER.net (2019-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  23. „Abu Dhabi announces establishment of the Mohamed bin Zayed University of Artificial Intelligence“ (en-US). Csr Egypt (2019-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  24. „Concentrating solar power in the United Arab Emirates: Shams 1 project secures financial close“. SolarServer (2011-yil 7-mart). 2011-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-yanvar.
  25. „Shams continues to contribute to UAE's clean energy transition“. www.gulftoday.ae. Qaraldi: 2023-yil 24-yanvar.

Havolalar

tahrir