Mashina
Mashina (lotincha: machina — qurol, qurilma) — bir turdagi harakat energiyasini ikkinchi turdagi harakat energiyasiga aylantirish, materiallar yoki axborotlarni oʻzgartirish, aloqa oʻrnatish, yuk va odamlarni tashish uchun moʻljallangan mexanizm yoki mexanizmlar majmui. Jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlarining eng muhim tarkibiy qismi, yirik mashinali ishlab chiqarishning moddiy negizi, aloqa va transportning asosiy vositasi hisoblanadi. M. — fantexnika inqilobining asosi. M. ayni paytda ham mehnat quroli, ham mehnat mahsuloti hisoblanadi. Inson kadimdan oʻz mehnatini yengillashtirish uchun turli-tuman qurol va qurilmalarni yaratishga urinib kelgan. Mola, omoch, charxpalak, urchuq, charh, dug, toʻquvchilik dastgohlari (doʻkonlari), choʻt, palaxmon, piltatoʻp, shamol tegirmoni va boshqa vositalar M. yaratish borasidagi urinishlar edi. Shuning uchun ilgari M. inson mehnatini osonlashtiradigan mexanik tizim deb tushunilgan. Bora-bora u insonning aqliy mehnatini va fiziologik vazifasini ham bajaradigan murakkab tizimga aylandi.
M.dan foydalanish mehnatning maz-muni va tarzini oʻzgartirish, xalq xujaligining barcha tarmoqlarida mehnatning darajasini bir-biriga yaqinlashtirish va rivojlantirish, ish unumdorligini oshirish va shu asosda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish, mehnatni mashaqqatli va zerikarli gomushdan ishtiyoq bilan bajariladigan ehtiyojga aylantirishning asosi hisoblanadi.
M. umuman ijro mexanizmi (ish M.si), qarakatlantirish mexanizmi, uzatish va nazorat-boshqarish qismlaridan iborat buladi. Mas, tikuv M.sining ijro mexanizmi uning ninasi, paxta terish M.siniki — shpindellari va hokazo, velosipedning harakatlantiruvchi qismi uning pedali, yulduzcha va zanjirlari, avtomobilning nazorat-boshqarish qismi rullari va turli asboblari (tezlikni, bosimni va boshqalarni kursatadigan asboblar) dir. M.ning energetik, ish va ax-borot (informatsiya) xillari bor. Energetik M. istalgan turdagi energiyani mexanik energiyaga aylantirish uchun muljallangan (suv, shamol, bugʻ va elektr dvigatellar, gaz turbinalari, elektr generatorlari va boshqalar). Ish M.lari materiallarning holatini, xossalari va fazodagi vaziyatini uzgartirish uchun muljallanadi. Bunday M.lar texnologik va transport M.lariga bulinadi. Texnologik M. metallga ishlov berish (kesish, yunish, qirqish, sillikdash va hokazo) va yogʻochni qayta ishlash, toʻqimachilik, q. h., qurilish, matbaa va boshqalarda bajariladigan yumushlarni oʻz ichiga oladi. Transport M.si avtomobil yoʻllari, temir yoʻl, havo transporta, avtomobillar, aviatsiya, koʻtarish kranlari, teplovozlar, kemalar va boshqa vositalarni oʻz ichiga oladi. Energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirish, materiallarga ishlov berish va hokazoni inson ishtirokisiz bajarishda avtomat mashinalar, avtomat liniyalar va avtomatlashtirilgan korxonalar qoʻl keladi.
Axborot M.si (informatsiyey M.) maʼlumotlarni qayta ishlab uzgartirish, yaʼni mashina tilita oʻtkazish va standartlashtirish, uzatish, dasturlar tuzish va boshqa yumushlarni oʻz ichiga oladi (qarang Kibernetika). Buning uchun M.lar majmui, avtomatik, informatsion va kibernetik jihozlardan foydalaniladi (yana qarang Mashinasozlik, Mashinashunoslik, Mashina va mexanizmlar nazariyasi).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |