Mashinalashgan ishlab chiqarish

Mashinalashgan ishlab chiqarish — ijtimoiy ishlab chiqarish taraqqiyotining tarixiy bosqichi. Bu bosqichda mehnat quroli sifatida mashinalardan foydalaniladi. Mashinalashgan ishlab chiqarish ch. sanoat rivojlanishiga asos boʻldi va mayda, tarqoq hunarmandchilikni siqib chiqardi. Mashinalashgan ishlab chiqarish ch.ga manifaktura moddiy va iqtisodiy zamin yaratdi. Mashina texnikasi asosida manifaktura korxonasi fabrikaga aylandi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish ch.da mehnatning kooperativ xarakteri zaruriy boʻlib qoldi, har bir korxonadagi, shuningdek, butun jamiyatdagi mehnat taqsimoti chuqurlashdi, ishlab chiqarish vositalari va ish kuchining konsentratsiyasi kuchaydi. Mashinalashgan ishlab chiqarish ch.ning taraqqiyoti bilan kapital jamgʻarish ham jadallashdi. Mashinalashgan ishlab chiqarish ch.ning rivoji tufayli xoʻjalikning kapitalizmga qadar shakllari yemirildi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari qaror topdi. Mashinalashgan ishlab chiqarish ch.ning eng yangi bosqichi hozirgi zamon fantexnika taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliq.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil