Mashrab (jurnal)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
"MASHRAB" — hajviy jurnal. 1924— 27 yillarda Samarqandda "Zarafshon" gaz.siga ilova tarzida 2 haftada bir marta chiqqan. Jur. 2 yil davomida (40soniga qadar) Hoji Muin, soʻngra shoir Bektosh muharrirligida nashr etilgan. 1927-yilning may oyida oʻz faoliyatini toʻxtatgan. "M."ning asosiy vazifasi kundalik turmushdagi nuqson va kamchiliklarni, salbiy hodisalarni, inson axloqiga zid xatti-harakatlarni tanqid qilishdan iborat boʻlgan. Uning nashr etilishi tufayli Samarqanddagi iqtidorli yoshlar orasidan talaygina hajvchilar yetishib chiqdi. "M."da Ayniy, Rojiy, Siddiqiy, Gʻozi Yunus, Rafiq Moʻmin, Usmon Akromiy, Komil Aliyev, Abdulhamid Majidiy, Mahmud Subay, Hamid Olimjon kabi shoir, yozuvchilar hamda maqolanavislar faol hamkorlik qilganlar. Jami 58 soni chiqqan. Adadi 4 mingga yetgan.
Adabiyot
tahrir- Ziyo Said, Oʻzbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870—1927): Tanlangan asarlar, T., 1974; Pidayev T., Matbuot — millat chirogʻi, T., 1999.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |