Masjid as-Sahoba (arab. مَسْجِد ٱلصَّحَابَة – Sahobalar masjidi) — Eritreyaning Massava shahridagi masjid[1]. Milodiy VII asr boshlariga toʻgʻri keluvchi bu inshoot dunyodagi ilk masjid ekanligi aytiladi. Ma’lumotlarga koʻra, u Makka mushriklari ta’qibidan qochib Afrikaga borgan sahobalar tomonidan barpo etilgan. Hozirgi inshoot ancha keyinroq qurilgan, chunki mehrob (VII asr oxiri) va minora (IX asr) kabi baʼzi xususiyatlar islom meʼmorchiligida keyinchalik yuzaga chiqqan[2].

Masjid
Masjid as-Sahoba
Joylashuvi Massava, Eritreya
Koordinatalar 15°36′43″N 39°28′50″E
Asosiy sana:
610

Manbalar

tahrir
  1. „Liste des premières mosquées au monde prophètique, rashidun et omeyyade selon les écris historique et les traces archéologiques“ (fr-FR). Histoire Islamique (15-iyun 2014-yil). 2017-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-sentabr 2017-yil.
  2. „as-Sahaba Mosque“. Madain Project. Qaraldi: 2-aprel 2019-yil.