Masshtablilik
(Masshtabli qurilishdan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Masshtablilik, masshtabli qurilish — meʼmoriy shaklni (in-shoot, majmuani) insonga boʻlgan nisbatining badiiy ifodasi. Nisbat, mutanosiblik, ulugʻvorlik kabi sifatlar orqali namoyon boʻladi. M. inshootning inson jussasi oʻlchamlaridan kelib chiqqan meʼmoriy shakllarga (zina, eshik, kursi va boshqalar) boʻlgan nisbatlaridir. Mas, turar joyning odam boʻyiga nisbati, mutanosibligi, haddan tashqari baland boʻlmasligi, uyning shinamliligi va fayzliligini taʼminlaydi. Ismoil Somoniy makbarasida eshiklarning kiraverish ravoqlari, bino tepasidagi mayda ravoqchalar qatori, tashqi burchaklardagi ustungoʻshalarga boʻlgan nisbatlari M. asosida qurilganligini namoyon etgan.
Adabiyot
tahrir- Vseobshaya istoriya arxitekturi, t. 2, M„ 1973, str. 251-260.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |