MASSINYON (Massignon) Lui (1883.25.7, Nojan - 1962.4.11, Parij) — fransuz sharqshunosi va islomshunosi. 1919-yildan Sorbonna professor va uning Eronshunoslik instituti prezidenta. M. asarlari din, falsafa, islom dunyosining siyosiy va madaniy tarixi, uning boshqa xalqlar madaniyati bilan oʻzaro munosabati masalalariga bagʻishlangan. M. tasavvufni oʻrganishga muhim hissa qoʻshgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil