Matematik belgilar
Matematik belgilar - matematikaga oid bilimlarni yozuvda ifodalash uchun qoʻllanadigan belgilar. Tushunchalarni belgilash (masalan, raqamlar, /, p), yozuvlarni qisqartirish (+, −, ±, <, >, ±, ye), jumlalarni ixchamlashtirilgan. Matematik belgilar matematik tafakkur mahsuli va vositasi boʻlib, bu fan rivojlanishi jarayonida paydo boʻlgan va takomillashib maxsus til darajasiga yetgan. Ayrim raqamlar, qoʻshish va ayirish belgilar qad. Misrda uchraydi. Matematik belgilar Diofant (3-asr), Brahmagupta (7-asr), Abulhasan Qalasadiy (15-asr) asarlarida kengroq qoʻllangan. Ulugʻbekning "Ziji jadidi Koʻragoniy" asarida ham koʻp atamalarning 1harflaridan belgi sifatida foydalanilgan. 17—18-asrlarda Yevropa matematiklari algebraik timsollardan keng foydalana boshlaganlar va bu matematika rivojida, xususan, differensial va integral hisob shakllanishida muhim rol oʻynagan. Umuman, Matematik belgilar faqat yozuvni qisqartirish vositasigina boʻlib kolmay, balki timsoliy hisobga aylanib, matematik tafakkurga faol taʼsir koʻrsatadi. Hozirgi zamon matematikasining koʻplab natijalarini rivojlangan va qulay belgilarsiz tasavvur qilish mumkin emas.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |