Matematik lingvistika
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Matematik lingvistika -1) tilshunoslikning tilni tadqiq etish va oʻrganishda matematik usullardan foydalanuvchi boʻlimi; 2) matematikaning tabiiy tillar bilan baʼzi bir jihatlardan oʻxshash boʻlgan mavhum strukturalarni oʻrganuvchi boʻlimi. Matematik lingvistika tilshunoslik boʻlimi sifatida tabiiy tillar hodisalarini va ularni tadqiq etish jarayonlarini mavhumiy-semiotik modellashtirish usulidan foydalanadi; matematik fan sifatida esa ana shu modellarning eng umumiy xossalarini tadqiq etadi va ularning tuzilish usullarini oʻrganadi. Har ikkala maʼnodagi Matematik lingvistika ayni bir tushunchaviy apparatdan foydalanadi, ular orasida shunchalik yaqin bogʻliqlik mavjudki, uni maʼlum shartlar bilan yagona semiotik fan sohasi deb hisoblash mumkin.
Matematik lingvistika 20-asrning 50-yillarida paydo boʻlgan. Uning asosiy tushunchalari — asos qilib olingan belgi-ishoralar (alifbo, lugʻat) toʻplami va maʼlum alifbo belgi-ishoralari (soʻz shakllar, iboralar toʻplami) izchilliklari (zanjirlari) toʻplami kabi tushunchalardir. Bu asosiy tushunchalar tilning har bir sathida qoʻllanadi. Oʻz maqsad-vazifasiga koʻra, Matematik lingvistika eng avvalo nazariy tilshunoslik vositasi hisoblanadi. Ayni paytda uning usul va yoʻllari amaliy lingvistik tadqiqotlarda — matnga avtomatik ishlov berishda, avtomatik tarjimada, inson va EHM oʻrtasidagi aloqa bilan bogʻliq tadqiqotlarda keng qoʻllanmoqda.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |