Matheus França de Oliveira (2004-yil 1-aprel) – braziliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Crystal Palace klubida hujumkor yarim himoyachi hamda hujumchi pozitsiyalarida oʻynaydi.

Matheus França
Matheus França (chapda) Flamengo safida, 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Matheus França de Oliveira[1]
Tavallud sanasi 1-aprel 2004-yil (2004-04-01) (20 yosh)[1]
Tavallud joyi Rio de Janeiro, Braziliya
Boʻyi 1.82 m[1]
Ampluasi hujumkor yarim himoyachi,
hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Crystal Palace
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Olaria
2017–2022 Flamengo
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021–2023 Flamengo 42 (7)
2023– Crystal Palace 10 (0)
Milliy terma jamoa
2019 Braziliya U-16 6 (0)
2022– Braziliya U-20 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 2-mart uchun)

Karyerasi

tahrir

Yoshlik yillari

tahrir

França Olaria jamoasining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻlgan. Keyinchalik 12 yoshida Flamengo klubiga koʻchib oʻtadi. Flamengo yoshlar akademiyasida u Lázaro va Vinisius Juniorlar bilan bir qatorda klubning eng iqtidorli futbolchilari qatorida eʼtirof etilgan[2].

Flamengo

tahrir

França professional futboldagi debyutini Flamengo jamoasining 2021-yilning 6-dekabrida Marakana stadionida boʻlib oʻtgan Santos klubiga qarshi uchrashuvida oʻtkazgan. Futbolchi 78-daqiqada Éverton Ribeironing oʻrniga zaxiradan maydonga tushirilgan[3]. Françaning tovon puli shartnomada 200 million yevro etib belgilandi[4].

2022-yilning 25-yanvarida Flamengo França bilan shartnomasini 2027-yilning 30-apreliga qadar uzaytirdi. 2023-yilning 23-fevralida esa futbolchi 2028-yilning 31-dekabrigacha moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi[5][6].

Crystal Palace

tahrir

2023-yilning 1-avgustida França 20 million yevro va qoʻshimcha 5 million yeveolik bonuslar evaziga Angliya Premyer-ligasining Crystal Palace klubi safiga koʻchib oʻtdi va besh mavsumga moʻljallangan shartnoma imzoladi[7][8]. Futbolchi 21-oktyabr kuni Newcastle United jamaosiga qarshi bahsda klub safidagi debyutini oʻtkazdi[9].

França ilk bor 4-yanvar kuni Angliya kubogining uchinchi bosqichi doirasidagi Everton jamaosi bilan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[10][11]. 24-fevral kuni u Burnley klubiga qarshi oʻyinda (3:0) Jordan Ayew] goliga assistentlik qildi va klub safidagi ilk golda istiroki boʻldi. Bundan tashqari ushbu oʻyinda u penalti ishlab oldi va Jean-Philippe Mateta ushbu imkoniyatni ham golga aylantirdi[12].

Statistikasi

tahrir
2024-yil 2-mart holatiga koʻra[13]
Klub Mavsum Liga Milliy ligalar Mahalliy kuboklar Mintaqaviy Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Flamengo 2021 Série A 1 0 1 0
2022 17 4 3 1 1 0 2 1 23 6
2023 9 1 12 1 2 0 3 1 2 0 28 3
Umumiy 27 5 15 2 3 0 5 2 2 0 52 9
Crystal Palace U-21 2023–2024 2 0 2 0
Crystal Palace 2023–2024 Angliya Premyer-ligasi 10 0 2 0 12 0
Umumiy 37 5 15 2 5 0 5 2 4 0 66 9

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „FIFA Club World Cup Morocco 2022™: List of Players: CR Flamengo“. FIFA (2023-yil 7-fevral). 2023-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-fevral.
  2. „Quem é Matheus França, joia do Flamengo que marcou seis gols contra o Palmeiras na Copa do Brasil sub-17“ (pt-BR). Torcedores (2021-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  3. „Flamengo vs. Santos“. Soccerway (2021-yil 7-dekabr).
  4. „Real Madrid eyeing another Brazilian wonderkid Matheus Franca“. FootballExpress.in (2023-yil 23-aprel).
  5. „Flamengo renova com Matheus França até abril de 2027“ (pt-BR). ge.globo (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  6. „Após recusar propostas, Flamengo acerta renovação com Matheus França“ (pt-BR). Marcado do Futebol (2023-yil 23-fevral). Qaraldi: 2023-yil 5-mart.
  7. „Flamengo ultrapassa R$ 1 bilhão em arrecadação com vendas de atletas da base desde a saída de Vini J“ (pt-BR). R7 (2023-yil 1-avgust).
  8. „Crystal Palace sign Matheus França on five-year deal“. Crystal Palace F.C. (2023-yil 5-avgust).
  9. „Newcastle United 4–0 Crystal Palace“. BBC Sport (2023-yil 21-oktyabr).
  10. Woosnam, Matt „Franca's first Crystal Palace start showed his potential - now he needs more minutes“ (en). The Athletic. Qaraldi: 2024-yil 17-yanvar.
  11. „França named your Grilla Man of the Match against Everton“. Crystal Palace F.C. (2024-yil 4-yanvar).
  12. https://www.bbc.co.uk/sport/football/68324370
  13. Matheus França Soccerway saytida. Qaralgan sana: 20 December 2022.

Havolalar

tahrir
  • Profile at the Crystal Palace F.C. website