Matlab ut-tolibin
Matlab ut-Tolibin – (Toliblar matlabi) asari XVI-XVII asrlarda Buxoro xonligida oʻz nufuziga ega boʻlgan Joʻyboriy xoʻjalari faoliyatiga bagʻishlangan asarlardan biri hisoblanadi. Muallifi joʻyboriy Abulabbos Muhammad Tolib ibn Tojiddin Hasanxoja al-Husayniy as-Siddiqiy[1]. Asarda Joʻyboriy xojalarining faoliyati, muridlari va xizmatkorlari, bunyod ettirgan imoratlari, mol-u mulklari va Buxoro xonlari va ularning boshqa davlatlar bilan tashqi aloqalari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan. Makur asar muallif tomonidan 1673-yilda yozib tugallangan. Asar qisqacha muqaddima va sakkiz bobdan iborat[2]. Asarning dastlabki boblarini yozishda Badriddin Kashmiriyning asarlaridan foydalanilgan[1]. „Matlab ut-Tolibin“ asarini toʻrtta bobini yozishda muallif boshqa mualliflar asaridan foydalangan. Asarning baʼzi joylarida esa Muhammad Tolib otasi yoki boshqa kishilardan eshitgani asosida yozadi[3]. Asarning Xoja Saʼd haqidagi bobida unga turli hududlarda hukmdor va hokimlardan mingga yaqin maktublar kelgani taʼkidlanadi. Baʼzi maktublar asarda toʻliq keltirilgan. Elchilar orqali maktublar va sovgʻa-salomlar almashilgan. Asarda asosan Boburiy hukmdorlar bilan siyosiy aloqalar toʻgʻrisida maʼlumot keltirilgan. Manbada qayd qilinishicha, birgina Tojiddin Hasanga kelgan maktublar soni oʻn mingtadan oshib ketgan[4]. Muhammad Tolib asarning dastlabki toʻrt bobini yozishda oʻzidan oldingi mualliflar asarlaridan foydalangan. „Matlab ut-tolibin“ asari nafaqat tasavvufiy, balki qimmatli tarixiy manbalardan biri hisoblanadi. 2012-yilda „Matlab ut-tolibin“ asarining ilmiy-tanqidiy nashri chop qilingan boʻlsa, 2016-yilda Buxoro davlat universiteti professori Halim Toʻrayev maʼsul muharrirligida Gʻulom Karimiy va Erkin Mirkomilovlar tomonidan Toshkentda oʻzbek tiligiga oʻgirilib, nashr qilingan[5].
Muallif(lar) | Abulabbos Muhammad Tolib ibn Tojiddin Hasanxoja al-Husayniy as-Siddiqiy |
---|---|
Tarjimon(lar) | Gʻulom Karimiy va Erkin Mirkomilov |
Til | fors |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2016-yil |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Муҳаммад Толиб 2016, s. 3.
- ↑ Муҳаммад Толиб 2016, s. 8.
- ↑ Муҳаммад Толиб 2016, s. 15.
- ↑ Муҳаммад Толиб 2016, s. 13.
- ↑ Zamonov 2021, s. 11.
Adabiyotlar
tahrir- Муҳаммад Толиб. Матлаб ут-толибин. Тошкент: Movarounnahr, 2016 — 384-bet.
- Zamonov A, Subhonov F. Buxoro xonligining ashtarxoniy hukmdorlari. Toshkent: Bayoz, 2021 — 136-bet.