Matriarxat
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Matriarxat (lotincha mater — ona va yun. arche — ibtido, hokimiyat; aynan — ona hukmronligi), ginekokratiya — asosan, ibtidoiy jamiyatning ilk davridagi ijtimoiy tuzum shakllaridan biri. Baʼzi xalqlarda patriarxatdaya oldin mavjud boʻlgan, ayrimlarida urugʻchilik tuzumidan sinfiy jamiyatga oʻtish davrida ham saqlangan. M.da ayollar hukmron mavqega ega boʻlgan, mulk va naslnasab sotsial mavqe ona urugʻi boʻyicha oʻtgan, nikoxdan soʻng er xotin jamoasiga koʻchgan (matrilokal nikoh) yoki er va xotin oʻz jamoalarida alohida-alohida yashagan. M. Jan.-Sharqiy Osiyodagi ayrim xalqlar (mas, minangkabau va mikronezlarning ayrim guruhlari)da hozirgi ham saqlanib qolgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |