Matryona Nogovitsina
Matryona Stepanovna Nogovitsina (6-noyabr, 1991-yil, Muguday, Churapchi ulusi, Yoqutiston) — rossiyalik sportchi, shashkachi.
Matryona Nogovitsina | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Tavallud paytidagi ismi | Matryona Stepanovna Nogovitsina |
Fuqaroligi | Rossiya |
Tavallud sanasi |
6-noyabr 1991-yil Muguday, Churapchi ulusi, Yoqutiston |
Sport | |
Mamlakat | Rossiya |
Qaysi sport | shashka |
Klubi | Nijneye-Lenskoye |
Murabbiy(lar)i | Nikolay Kichkin (kichik) va Aleksandr Georgiyev |
Matryona Nogovitsina 2021-yilgi jahon chempioni, 2018-yilgi Yevropa chempioni, eng yosh rossiyalik ayollar chempioni (2006-yil), ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati sovrindori (bronza, 2004-yil). 2010-yilgi xalqaro shashka boʻyicha jahon chempionatining bronza medali sovrindori[1], 2011-yilgi jahon chempionatining kumush medali sohibi. Qizlar oʻrtasida Yevropa va Rossiyaning koʻp karra chempioni[2]. Xalqaro shashka boʻyicha jahon kubogi chempioni (2010). Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori (2004, 2008). Rossiya chempioni (2006, 2010, 2015, 2020), shashka boʻyicha Rossiya xalqaro chempionatining kumush medali sovrindori (2009). Shashkada tez oʻyin boʻyicha Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2007). Oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni (2008, 2009), xalqaro va rus shashkasi boʻyicha Yevropa (2001, 2004, 2005, 2006, 2007, 2008, 2010) va Rossiya (2000, 2002, 2003, 2004, 2007, 2005 va 2 ta xalqaro) chempioni. Rossiya klub chempionatlarining bir necha bor chempioni va sovrindori. 2021-yilda shashka boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritiv, jahon chempioniga aylanadi. Bu uning birinchi jahon chempioni unvonidir.
Xalqaro grossmeyster, Rossiya grossmeysteri.
2007-yildan ShVSM RS(Y) va Nijneye-Lenskoye shashka klubida oʻynaydi.
Murabbiylari Nikolay Nikolayevich Kichkin (kichik) va Aleksandr Sergeyevich Georgiyev.
Taʼlimi
tahrir1999-yildan shashka bilan shugʻullanadi. Churapcha respublika sport maktab-internatining oʻquvchisi (murabbiylari Kichkin N. N. (kichik), Birdinnirova M. N., Kichkin N. N.). Churapcha respublika sport maktab-internatini oltin medal bilan tamomlagan. 2008-yildan Sankt-Peterburg davlat moliya-iqtisod universiteti talabasi.
Jahon va Yevropa chempionatlaridagi yutuqlari
tahrirYil | Shakli | Oʻtkazilgan joy | Turnir/match | Natija | Oʻrin |
---|---|---|---|---|---|
2006 | Yevropa chempionati | Bovec | Turnir | +2 =6 −1 | 10 |
2007 | Jahon chempionati | Yakutsk | Turnir | +4 =9 −2 | 8 |
2008 | Yevropa chempionati | Tallin | Turnir | +4 =4 −1 | 3 |
2010 | Yevropa chempionati | Sępólno Krajeńskie | Turnir | +3 =5 −1 | 4 |
2010 | Jahon chempionati | Ufa | Turnir | +0 =9 −1 | 3 |
2011 | Jahon chempionati | Rovno | Turnir | +6 =7 −0 | 2 |
2012 | Yevropa chempionati | Emmen | Turnir | +1 =8 −0 | 14 |
2013 | Jahon chempionati | Ulan-Bator | Turnir | +4 =9 −2 | 7 |
2014 | Yevropa chempionati | Tallin | Turnir | +3 =5 −1 | 10 |
2015 | Jahon chempionati | Uxan | Turnir | +4 =9 −2 | 7 |
2016 | Yevropa chempionati | Izmir | Turnir | +3 =6 −0 | 3 |
2018 | Yevropa chempionati[3] | Moskva | Turnir | +3 =6 −0 | 1 |
2019 | Jahon chempionati | Yakutsk | Turnir | +6 =7 −2 | 4 |
2021 | Jahon chempionati | Tallin | Turnir | +9 =6 −0 | 1 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Ноговицына — третья на чемпионате мира по шашкам“ (ru). Championat.ru (2010-yil 28-oktyabr). 2010-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-mart.
- ↑ Юрий Черток. „Международные шашки“. Спорт-Экспресс (2009-yil 24-aprel). 2017-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-mart.
- ↑ „X European Women's Championship“. 2019-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-may.
Havolalar
tahrir- Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati 1973 — 2011(ingl.)
- FMJD veb-saytidagi profili(ingl.)
- KNDB veb-saytidagi profili(ingl.)
- Matryona Nogovitsina — xalqaro shashka boʻyicha Rossiya chempioni
- Nogovitsina — shashka boʻyicha Jahon kubogi gʻolibi
- Shashka: „Bashneft“ va „Nijnelenskoye“ — klublar oʻrtasida xalqaro shashka boʻyicha Rossiya chempioni.
- Rossiya chempionati. Tamara Tansikujina oltin mukofotga sazovor boʻldi
- Tamara Tansikkujina Yevropa chempioni boʻldi