Matthew Benning
Matthew Benning (talaffuzi: Metyu Benning) (1994-yil 25-mayda tugʻilgan) – kanadalik professional xokkey himoyachisi. Matthew Benning hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „San Jose Sharks“ xokkey jamoasi faoliyat olib bormoqda. Matthew Benning ilgari „Edmonton Oilers“ va „Nashville Predators“ kabi xokkey jamoalarida oʻynagan. Matthew Benning „Boston Bruins“ xokkey klubi safiga 2012-yilgi NHL kirish loyihasida 175-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Matthew Benning | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
25-may 1994-yil St. Albert, Alberta, Kanada | ||
Boʻyi | 6 ft 1 in (185 cm) | ||
Ogʻirligi | 203 lb (92 kg; 14 st 7 lb) | ||
Pozitsiyasi | himoyachi | ||
NHL Sobiq jamoalar |
San Jose Sharks Edmonton Oilers Nashville Predators | ||
NHLga kirish drafti |
175-oʻrindagi tanlov, 2012 Boston Bruins | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2016—hozirgacha |
Oʻyin faoliyati
tahrirMatthew Benning Alberta Junior xokkey ligasi (AJHL) vakili „Spruce Grove Saints“ xokkey jamoasida oʻz faoliyatini boshladi. Matthew Benning klub safida ikki mavsum xokkey oʻynadi.
Matthew Benning „Boston Bruins“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolamaganligi sababli 2016-yilning 27-avgustida oʻzining tugʻilgan shahridagi xokkey klubi „Edmonton Oilers“ jamoasi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolashni maʼqul deb bildi[1].
„Edmonton Oilers“ klubining birinchi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashganidan soʻng, Matthew Benning kutilmaganda 2016—2017-yilgi mavsum uchun „Edmonton Oilers“ klubining asosiy jamoasi roʻyxatiga kiritildi. Matthew Benning oʻzining ilk professional oʻyinini klubning AHL filiali „Bakersfield Condors“ xokkey klubi bilan oʻtkazdi. „Bakersfield Condors“ klubi bilan ikkita oʻyindan soʻng, Matthew Benning asosiy klub safiga qaytdi va 2016-yil 1-noyabrda „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda NHLdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[2]. Matthew Benning NHLdagi ilk golini 2017-yilning 7-yanvarida „New Jersey Devils“ xokkey klubi darvozaboni Cory Schnaider darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻldi[3].
Matthew Benning 2020-yil 7-oktyabrda „Edmonton Oilers“ xokkey klubini tark etdi[4].
2020-yil 9-oktyabrda Matthew Benning „Nashville Predators“ xokkey klubi bilan 1 million dollarlik ikki yillik shartnoma imzoladi[5].
„Nashville Predators“ xokkey klubi bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Matthew Benning erkin agent sifatida klubni tark etdi. Shundan soʻng, Matthew Benning 2022-yil 13-iyulda „San Jose Sharks“ xokkey klubi bilan toʻrt yillik 5 million dollarlik shartnoma imzoladi[6].
Faoliyat statistikasi
tahrirMuntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2010—2011 | Spruce Grove Saints | AJHL | 43 | 0 | 7 | 7 | 65 | 13 | 0 | 1 | 1 | 20 | ||
2011—2012 | Spruce Grove Saints | AJHL | 44 | 4 | 14 | 18 | 87 | 11 | 2 | 1 | 3 | 16 | ||
2012—2013 | Dubuque Fighting Saints | USHL | 57 | 10 | 16 | 26 | 73 | 11 | 1 | 1 | 2 | 6 | ||
2013—2014 | Northeastern University | HE | 33 | 3 | 10 | 13 | 28 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Northeastern University | HE | 36 | 0 | 24 | 24 | 36 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Northeastern University | HE | 41 | 6 | 13 | 19 | 37 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Bakersfield Condors | AHL | 2 | 1 | 1 | 2 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Edmonton Oilers | NHL | 62 | 3 | 12 | 15 | 29 | 12 | 0 | 3 | 3 | 12 | ||
2017—2018 | Edmonton Oilers | NHL | 73 | 6 | 15 | 21 | 49 | — | — | — | — | — | ||
2018—2019 | Edmonton Oilers | NHL | 70 | 5 | 12 | 17 | 33 | — | — | — | — | — | ||
2019—2020 | Edmonton Oilers | NHL | 43 | 1 | 7 | 8 | 15 | 4 | 0 | 1 | 1 | 6 | ||
2019—2020 | Bakersfield Condors | AHL | 3 | 0 | 1 | 1 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | Nashville Predators | NHL | 53 | 1 | 3 | 4 | 30 | 5 | 0 | 0 | 0 | 6 | ||
2021—2022 | Nashville Predators | NHL | 65 | 0 | 11 | 11 | 39 | 3 | 0 | 1 | 1 | 0 | ||
NHL jami | 366 | 16 | 60 | 76 | 195 | 24 | 0 | 5 | 5 | 24 |
Manbalar
tahrir- ↑ „College free agent, Matt Benning signs with Oilers“. Edmonton Journal (2016-yil 27-avgust). Qaraldi: 2016-yil 27-avgust.
- ↑ „Benning not to blame for loss“. thehockeywriters.com (2016-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 4-noyabr.
- ↑ Frankson. „GAME STORY: Oilers 2, Devils 1“. Milliy xokkey ligasi (2017-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 11-dekabr.
- ↑ „Oilers won't qualify 8 RFA's“. The Sports Network (2020-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Predators add blue-liner Matt Benning on two-year deal“ (en). Sportsnet.ca. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Sharks sign defenseman Matt Benning“. San Jose Sharks (2022-yil 13-iyul). Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.