Matu-grosu-du-sul - Braziliyaning jan.-gʻarbiy qismidagi shtat, Boliviya va Paragvay bilan chegaradosh. Maydoni 358,1 ming km². Aholisi 2,07 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kampu-Grandi shahri Shtat Braziliya yassitogʻligining jan.-gʻarbiy chekkasi va Pantanal botigʻining jan.da joylashgan. Yozi sernam, tropik iqlim. Oʻrtacha oylik temperaturalar 22—26°. Yillik yogʻin 1000–1800 mm. Shtat jan.da tuprogʻi toʻq qizil laterit tuproq. Oʻsimliklari past boʻyli savannalar, daryo vodiylari oʻrmonlar, Pantanal tropik botqoqliklardan iborat. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Sholi, soya, makkajoʻxori, bugʻdoy, dukkakli ekinlar ekiladi, kofe plantatsiyalari bor. Baliq ovlanadi. Korumba shahri yaqinida yirik temir va marganets rudasi konlari topilgan. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari va sopol buyumlar ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Kampu-Grandi va Korumba shaharlari. Asosiy aloqa Parana va Paragvay daryolari va ularning irmoqlari, temir yoʻl va havo transporta orqali amalga oshiriladi.[4]

Matu-Grosu-du-Sul
portugalcha: Mato Grosso do Sul

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Tegishli Markaziy-gʻarbiy hudud
Tarkibida — 4 mezoregion;
- 11 mikroregion;
- 79 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Kampu-Grandi
Gubernator portugalcha: André Puccinelli
Vitse-Gubernator portugalcha: Simone Tebet
Senatorlar portugalcha: Delcídio Amaral
portugalcha: Antonio Russo Netto
portugalcha: Waldemir Moka
YAIM (2009) R$36 368 000[1]  (14-oʻrin)
Rasmiy tillar Portugal
Aholi (2010 год) 2 449 024[2]
Zichligi 6,86[2] kishi./km²
Dinlar tarkibi преимущественно католики
Maydoni 357 145,8[3] km² (6-oʻrin)
Vaqt mintaqasi GMT-4
Kod ISO 3166-2 BR-MS
Pochta indeksi 79000-000 по 79990-000
Rasmiy sayti ms.gov.br
Xaritada
Matu-Grosu-du-Sul xaritada
Matu-Grosu-du-Sul, Xarita
20°11′0″S 54°42′0″W / 20.18333°S 54.70000°W / -20.18333; -54.70000

Manbalar

tahrir
  1. IBGE. Contas Regionais do Brasil — 2005—2009: Tabela 8 — Produto Interno Bruto, população residente e Produto Interno Bruto per capita, segundo as Grandes Regiões e as Unidades da Federação — 2009 (página 27). (port.)
  2. 2,0 2,1 „Estatisticas de 29 de Novembro de 2010“ (pt). IBGE. 2012-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-may.
  3. „Síntese dos Inidicadores Sociais 2009“. Instituto Brasileiro de Geografia e Estatística. 2012-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-may. (port.)
  4. "Matu-Grosu-du-Sul" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil