Maurício dos Santos Nascimento (talaffuzi: Maurisio dos Santos Nasimento; 1988-yil 20-sentyabrda Braziliyada tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, Malayziyaning „Johor“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Maurício Nascimento
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Maurício dos Santos Nascimento
Tavallud sanasi 20-sentyabr 1988-yil (1988-09-20) (36 yosh)
Tavallud joyi São Paulo, Braziliya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Náutico
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2007 Palmeiras
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2012 Palmeiras B 0 (0)
2007 → CRB (ijara)
2008—2012 Palmeiras 25 (1)
2010 → Grêmio (ijara) 0 (0)
2010—2011 → Portuguesa (ijara) 16 (2)
2011 → Vitória (ijara) 24 (3)
2012 → Joinville (ijara) 31 (2)
2013 Sport 3 (0)
2013—2015 Sporting CP 42 (1)
2015 → Lazio (ijara) 15 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 26-may uchun)

Biografiyasi

tahrir

Maurício Nascimento San-Pauluda tugʻilgan[1]. 10 yoshida „Palmeiras“ futbol klubi murabbiylari unga qiziqish bildirishgan va Maurício Nascimentoni klub akademiyasida oʻqishga taklif qilishgan. Nascimento akademiyada oʻqishni boshlagan va 19 yoshida asosiy jamoaga tushgan[1][2]. Soʻng u „KRB“ futbol klubiga ijara oʻtgan. Ijaraga olingandan soʻng u oʻz Vataniga qaytgan, 2 ta mavsumda 34 ta oʻyin oʻtkazgan. 2009-yilning 1-noyabrida „Corinthians“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Maurício Nascimento Braziliya A Seriyasida „Palmeiras“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[3]. 2009-yilning noyabr oyida „Grêmio“ futbol klubi bilan oʻyindagi tanaffus paytida u jamoadoshi Manuel Obina bilan mushtlashgan[4]. Bu voqea Braziliyada keng tarqalgan va klub ushbu ikkala futbolchi bilan ham xayrlashishga qaror qilgan[2].

Natijada Maurício Nascimento „Grêmio“, „Portuguesa Desportos“, „Vitória Salvador“ va „Joinville“ futbol klublarida ijara asosida toʻp surgan. 2013-yil „Sport Recife“ futbol klubiga oʻtgan.

Oʻsha yilning yozida Maurício Nascimento 450 ming yevro evaziga Lissabonning „Sporting“ futbol klubiga oʻtgan[5]. 18-avgust kuni „Arouca“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Sangrish ligasida debyut qilgan[6]. Oʻsha oʻyinda Maurício Nascimento burchakdan uzatilgan toʻpni yopib, yangi jamoasidagi ilk golini urgan. Keyinchalik futbolchi bir necha bor katta klublarga borishga ruxsat berilmagani va boshqa futbolchilar kabi qadrlanmaganidan biroz noroziligini bildirgan. U mast holda mashina haydagani uchun klub tomonidan jarimaga tortilgan[7].

2015-yil boshida u asosiy tarkibga kiritilmagan va ijara asosida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Italiyaning „Latsio“ futbol klubiga oʻtgan. Milan futbol klubiga qarshi oʻyinda Maurício Nascimento Italiya A seriyasida debyut qilgan[8]. Oʻsha yilning yozida, ijara muddati tugagach, Rim klubi rahbariyati Maurício Nascimentoning transferini 4,5 million yevroga sotib olgan[4].

2016-yilning yozida Maurício Nascimento Moskvaning „Spartak“ futbol klubiga ijara asosida oʻtgan. 11-sentyabr kuni „Lokomotiv“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u RFPLda debyut qilgan [9]. 26-noyabr kuni „Terek“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Maurício Nascimento „Spartak“ futbol klubi safida birinchi golni kiritib, jamoasiga 1:0 hisobida gʻalaba keltirgan[10]. Oʻzining debyut mavsumida u klubga 16 yil ichida birinchi marta chempion boʻlishiga yordam bergan[11]. 2018-yil boshida himoyachi Polshaning „Legia“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshilgan.

Statistika

tahrir
Mavsum Jamoa Oʻyin
2003–2007 Palmeiras
2007–2012 Palmeiras B 0
2007 CRB (ijara)
2008–2012 Palmeiras 25
2010 Grêmio (ijara) 0
2010–2011 Portuguesa (ijara) 16
2011 Vitória (ijara) 24
2012 Joinville (ijara) 31
2013 Sport 3
2013–2015 Sporting CP 42
2015 Lazio (ijara) 15
2015–2018 Lazio 25
2016–2017 Spartak Moscow (ijara) 10
2018 Legia Warsaw (ijara) 15
2019–2022 Johor Darul Ta'zim 46
2022– Náutico 0

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „НОВОСТИ — МАУРИСИО: «МЫ УХОДИМ ИЗ ФАВЕЛ, НО ФАВЕЛЫ ИЗ НАС — НИКОГДА»“. www.spartak.com. 2016-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Бразильский знакомый Рохо. Кого покупает «Спартак»“. www.sport-express.ru. 2016-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-avgust.
  3. „Палмейрас VS. Коринтианс 2:2“ (en). soccerway.com (2011—11—01). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 „Футбол. Круче Вернблума. Бразильский агрессор для «Спартака»“. 2016-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-avgust.
  5. „Бразилец для «Спартака». Знакомимся с новым Маурисио“. www.soccer.ru. 2016-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-avgust.
  6. „Спортинг Лиссабон VS. Арока 5:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 18-avgust). 2018-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-sentyabr.
  7. „Тщеславен, но трудолюбив. Всё о новичке «Спартака» Маурисио“. 2016-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-avgust.
  8. „Лацио VS. Милан 3:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 18-yanvar). 2015-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-sentyabr.
  9. „Спартак Москва VS. Локомотив Москва 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 18-avgust). 2016-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-sentyabr.
  10. „Терек VS. Спартак Москва 0:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 26-noyabr). 2017-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-may.
  11. „Защитник Маурисио покидает «Спартак»“ (ru). sports.ru (2017-yil 22-may). 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-may.