Maurice Maeterlinck
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Maurice Maeterlinck (1862.29.8, Gent - 1949.5.5, Nitssa, Fransiya) — belgiyalik shoir, dramaturg , faylasuf. Absurd teatrning asoschilaridan biri. Fransuz tilida ijod qilgan. 1896 yildan Fransiyada yashagan. Ijodini ocherknavis, tanqidchi va shoir sifatida boshlagan. Uning ramzli sheʼriyatida naturalizmniig sof moddiy qiziqishlariga qarshi norozilik kayfiyatlari aks etgan. "Issiqxonalar" (1889), "Oʻn ikki qoʻshiq" (1896) kabi sheʼriy toʻplamlari simvolistik ruada. "Malika Malen" (1889), "Koʻrlar" (1890), "Yetti malika" (1891), "Peleas va Melisanda" (1892), "Rohiba Beatrisa" (1900), "Vanna xonim" (1902), "Humo" (ertak-drama, 1905), "Koʻk qush" (1908) va boshqa dramalari insonga, uning ochlik, qash-shoklik, urushga qarshi kurashda mu-vaffaqiyatiga ishonch ruhi bilan sugʻorilgan. M. "Bolarilar hayoti" (1901), "Gullar akli" (1907), "Chumolilar hayoti" (1903) kabi falsafiy asarlarida inson hayotining maʼnaviy, axloqiy muammolarini tilga olgan. "Termitlar hayoti" (1926) asarida timsollar vositasida kommunizm va totalitarizm satira qilingan. M. Ikkinchi jahon urushi davrida Amerikada yashagan va "Shodon xotiralar" (1948) kitobini yozgan. Nobel mukofoti laureati (1911).[2]
Maurice Maeterlinck | |
---|---|
Tavalludi | 29-avgust 1862[1] |
Vafoti | 6-may 1949[1] |
Ijod qilgan tillari | Fransuz tili |
Fuqaroligi | Belgiya |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil