Maurice Hugh Frederick Wilkins (15-dekabr 1916, Pongaroa, Yangi Zelandiya – 5-oktyabr 2004, London) — ingliz biofizigi. London qirollik jamiyati aʼzosi (1959). Birmingem universiteti falsafa doktori (1940). AQSH Kaliforniya universitetida (1941—45), London King kollejida (1946-yildan) ishlagan. Shu kollej molekulyar biologiya boʻlimi boshligʻi (1962-yildan) va biofizika professor (1970-yildan). DNK molekulasining qoʻsh spiralli ekanligi toʻgʻrisidagi Francis Crick va James Watson modelini rentgenstrukturaviy usuli yordamida tasdiqlagan. Foto va termolyuminessensiya (elektron tuzoq) nazariyasini ishlab chiqqan. Nerv sistemasi biofizikasi boʻyicha ham tadqiqot olib borgan. Nobel mukofoti laureata (1962, F. Krik va J. Uotson bilan hamkorlikda).[1]

Mauritius Wilkins

Manbalar

tahrir
  1. "Uilkins Moris Xyu Frederik" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil