Mavlon Gʻafforovich Vahobov (1909-1991) — sovet tojikistonlik-o‘zbekistonlik iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi, tarixchi[1].

Tarjimai hol

tahrir

Mavlon Vahobov 1909-yilda To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. 1941-yildan KPSS a’zosi.  

U 1929-yildan — iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat yuritadi. Vahobov 1929—1988-yillarda — Samarqand kechki pedagogika instituti o‘qituvchisi, direktor o‘rinbosari, dekan, O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi tashviqot sektori mudiri, O‘zbekiston KP (bolsheviklar) Toshkent viloyat qo‘mitasi kotibi, O‘zbekiston Kompartiyasi (b) MQ kotibi, O‘zbekiston SSR Vazirlar Soveti raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston SSR FA tarix va arxeologiya instituti bo‘lim mudiri, O‘zbekiston SSR FA tarix va arxeologiya instituti bo‘lim mudiri, Toshkent oliy partiya maktabi (TOPM) direktor o‘rinbosari, “O‘zbekiston kommunisti” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi huzuridagi Partiya tarixi instituti direktori, Toshkent oliy partiya maktabi direktorlari lavozimlarida ishlab keladi.

SSSR Oliy Kengashining 3-qurultoyi, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 2, 6 va 8-qurultoylari deputati etib saylanadi.

Mavlon Vahobov tarixchi sifatida

tahrir

M.Vahobov o‘zbek xalqi tarixiga oid fundamental monografiya muallifi edi[2].

1949-yilda O‘zbekiston SSR FA Gumanitar fanlar bo‘limining burjua kosmopolitizmiga qarshi kurashga bag‘ishlangan aprel sessiyasida B.Gʻofurovning “Tarixi tojik xalqi” kitobida jiddiy xatolar borligini ko‘rsatib,  O‘zbekiston KP (b) MK kotibi Vahobov so‘zga chiqadi[3].

Vahobov 1987-yilda O‘rta Osiyo tarixida Temur va temuriylar shaxsiga keskin salbiy fikr bildirib, chiqish qiladi[4]

Mavlon Vahobov 1991-yilda 83 yoshida Toshkent shahrida olamdan ko‘z yumadi.

Manbalar

tahrir
  1. „Список работников, занимающих должности номенклатуры ЦК ВКП(б) по УзССР (из национальных меньшинств) по состоянию на 29.09.1949 г. · Russian Perspectives on Islam“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  2. Вахабов М. Формирование узбекской социалистической нации. Т., Госиздат УзССР, 1961.
  3. Khlevniuk, O. et al (ed.), Sovetskaiia natsional’naiia politika: ideologiia i praktiki. 1945—1953 (Moscow, 2013)
  4. Правде истории вопреки // Правда Востока, декабрь 1987 г.

Havolalar

tahrir