Mardon Hamroqulovich Mavlonov (1963.11.3, Samarqand) — estrada xonandasi (lirik tenor). Oʻzbekiston (1999) va Tojikiston (2000) xalq artisti. Samarqand sanʼat bilim yurtini tugatgan (1984). Samarqand viloyati filarmoniyasi yakka xonandasi (1980— 85), Samarqand tumani "Samarqand taronalari" ansamblining badiiy rahbari (1985-yildan). Oʻz ijodida milliy musiqa merosi, ayniqsa, Buxoro — Samarqand mahalliy uslubidagi musiqa namuna (mavsumiy marosim aytimlari, mavrigi va boshqalar)larini estradaning "folk-pop" uslubida qayta ishlagan. Repertuaridan oʻrin olgan baʼzi qoʻshiqlari ("Saname", "Xandidanosh", "Samarqand toʻyona qoʻshigʻi", "Asiraman", "Samarqand qizlari"va boshqalar) ning musiqasini oʻzi yozgan. Film ("Sharif va Maʼrif" va boshqalar)larda ham qoʻshiq aytgan. Ijro etgan qoʻshiqlari bir nechta lazer diskiga yozilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil