Mavluda Ismatova (1943-yil 7-may, Toshkent – 2018-yil 18-may) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995), Oʻzbekiston Qahramoni (1999). Toshkent pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan (1968). 1961-yildan Toshkent viloyatidagi 26-maktab (1987-yildan Yunusobod tumanidagi 273-maktab)da boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, maktab direktori oʻrinbosari, 1983-yildan direktor. I. rahbarlik qilgan maktab 1995-yil respublikada "Yilning eng yaxshi maktabi" deb eʼlon qilindi. Maktabning yangilik sari tashabbuskorlik faoli-yati, ilgʻor tajribalari bevosita I. rahbarligida amalga oshiriladi va u respublika miqyosida keng ommalashtiriladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil