Mavrikiy rupiyasi
Mavrikiy rupiyasi Mavrikiy davlatining pul birligidir.
Tarixi
tahrir1878-yildan boshlab hind rupiyasi Mavrikiy hududida muomalada boʻlgan. 1934-yilda Mavrikiy gʻaznachiligi hind banknotlari bilan parallel ravishda muomalada boʻlgan rupiya pullari va tangalarni chiqarishni boshladi. 1 Mavrikiy rupiyasi = 1 hind rupiyasi = 1 shilling 6 pens teng edi.
1949-yil 18-sentabrda Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi Mavrikiy rupiyasining oltin tarkibini 0,186621 g sof oltin miqdorida belgiladi, bu hind rupiyasi va funt sterlingning ilgari oʻrnatilgan kursiga toʻgʻri keldi. 1966-yil iyun oyida Hindiston rupiyasining devalvatsiyasidan keyin valyuta kursi: 1 Mavrikiy rupiyasi = 1,57 hind rupiyasi deb belgilandi. 1967-yil noyabr oyida funt sterling devalvatsiyasidan keyin Mavrikiy rupiyasi ham devalvatsiya qilinndi va uning oltin tarkibi 0,159951 g sof oltinga tushirildi, hind rupiyasiga kurs: 1 Mavrikiy rupiyasi = 1,35 hind rupiyasi deb belgilandi. Mavrikiy sterling hududining bir qismi edi.
1976-yil 5-yanvarda funt sterling bilan belgilangan nisbat bekor qilindi va XDR kursi 1 XDR uchun 7,713759 rupiya etib belgilandi. 1981-yil 23-sentabrda valyuta kursi oʻzgartirildi — 10 rupiya = 1 XDR.
1983-yil 28-fevralda XDR bilan belgilangan nisbat bekor qilindi, rupiya kursi valyuta savati asosida oʻrnatila boshlandi[1].
Banknotalar
tahrirMuomalada turli yillardagi 25, 50, 100, 200, 500, 1000 va 2000 rupiyalik banknotalar mavjud.
1967-yilgacha chiqarilgan barcha banknotalar bekor qilingan. 1967-yil namunasidagi banknotalar 1988-yilda muomaladan chiqarilgan[2].
Valyuta kursi rejimi
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Бутаков 1987.
- ↑ Virtual museum, сайт Банка Маврикия(Inglizcha)
Adabiyotlar
tahrir- Бутаков Д.Д., Золотаренко Е.Д., Рыбалко Г.П.. Валюты стран мира: Справочник, 5-е изд., перераб. и доп, М.: Финансы и статистика, 1987.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |