Maks Christiansen (talaffuzi: Maks Kristiansen; 1996-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, 2.Bundesliga klubi Greuther Furth klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[1].

Max Christiansen
Christiansen Germaniya U21 safida, 2016-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 25-sentyabr 1996-yil (1996-09-25) (28 yosh)
Tavallud joyi Flensburg, Germaniya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Midfielder
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Greuther Fürth
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
SV Adelby
0000-2010 Flensburg 08
2010—2011 Holstein Kiel
2011—2014 Hansa Rostock
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2015 Hansa Rostock 24 (1)
2015—2018 FC Ingolstadt II 8 (1)
2015—2018 FC Ingolstadt 50 (1)
2018—2019 Arminia Bielefeld 7 (0)
2019—2021 Waldhof Mannheim 54 (3)
2021- Greuther Fürth 27 (0)
Milliy terma jamoa
2012—2013 Germaniya U17 4 (0)
2014—2015 Germaniya U19 13 (3)
2015—2016 Germaniya U20 6 (0)
2016 Germaniya U21 3 (0)
2016 Germaniya olimpia terma jamoasi 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-may uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir

Flensburglik Christiansen mahalliy SV Adelbi va Flensburg 08 jamoalari bilan futbol oʻynay boshladi. 2010-yilda, 13 yoshida, Holstein Kielning yoshlar safiga oʻtdi va u yerda atigi bir yil oʻynadi.

Keyinchalik, Rostockning yosh toifadagi jamoasiga qoʻshildi va oxir-oqibat birinchi jamoaga koʻtarildi, keyin 3.Liga oʻynadi. 2014-yil 29-mart kuni „Shtutgarter Kickers“ga qarshi uy uchrashuvida 80 daqiqa maydonda oʻynadi[2]. Keyingi yilda Christiansen asosiy oʻyinchi sifatida bir nechta top va ikkinchi darajali klublarning eʼtiborini tortdi[3].

Keyin 2014—2015-yilgi qishki tanaffusda Rostock katta moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi va oʻyinchilarni sotish orqali daromad olishga majbur boʻldi. Christiansen 2.Bundesliga klubi Ingolshtadt 04 Ingolshtadt ga oʻtdi. Transfer narxi 500 000 yevroga baholangan va shartnomada 2018-yilgacha 3 yarim yil davomida oʻynash majburiyati ham bor edi[4].

2020—2021-yilgi mavsum tugaganidan koʻp oʻtmay Bundesligaga yangi koʻtarilgan SpVgg Greuther Furth Christiansen bilan 2021—2022-yilgi mavsum uchun shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[5]. Tekin transfer asosida qoʻshildi. Shartnomaga koʻra 2023-yilgacha oʻynashi kerak[6].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Christiansen Germaniya U20 terma jamoasi sardori boʻlgan va oltita oʻyinda qatnashgan[7][8]. Ilgari U19 va U17 terma jamoalarida ham maydonga tushgan[8].

Max Germaniya terma jamoasi bilan 2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medalini qoʻlga kiritgan[9].

Yutuqlari

tahrir

Ingolshtadt FK

  • 2. Bundesliga: 2014—2015

Germaniya

Manbalar

tahrir
  1. „Max Christiansen“ (olmoncha). kicker.de. Qaraldi: 17-noyabr 2015-yil.
  2. „Anlaufzeit? Nicht mit Jakobs und Edwini-Bonsu“ (olmoncha). kicker.de. Qaraldi: 17-noyabr 2015-yil.
  3. „Max Christiansen: Ein Rostocker Rohdiamant“ (olmoncha). liga3-online.de (4-sentabr 2014-yil). 2014-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Christiansen und Blacha: Hansa geht ans Tafelsilber“ (olmoncha). ndr.de (9-yanvar 2015-yil). 2015-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Erster Neuer fürs Kleeblatt: Er kommt aus dem Waldhof“ (olmoncha). nordbayern.de. Qaraldi: 25-may 2021-yil.
  6. „Max Christiansen und Nils Seufert wechseln zur SpVgg Greuther Fürth“. kicker (25-may 2021-yil). Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.
  7. „FCInternational: Nyland in EM-Quali-Playoffs“ (olmoncha). fcingolstadt.de (13-oktabr 2015-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr 2015-yil.
  8. 8,0 8,1 „Max Christiansen - Spielerprofil -“ (olmoncha). DFB Datencenter. Qaraldi: 11-iyul 2019-yil.
  9. „Neymar's golden penalty sees Brazil to victory“. fifa.com (20-avgust 2016-yil). 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir