Maxsar kapalagi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Maxsar kapalagi (Myelois cinctipalpellachrestoph.) — maxsar ekinining eng xavfli zararkunandasi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Kapalagining qanoti ochilganda 2,5 sm, oq rangda, oldingi qanotining oldi tamonida kora doglari bor. Qurti uz. 2 sm, oqish. Tanasining birinchi boʻgʻimida xitinli boʻrtmasi bor. Qurt fazasida madaniy yoki yovvoyi maxsar poyasining pastki qismida, tuproqdan 2—10 sm yuqorida qishlaydi. Aprel oyida shu joyida gumbakka aylanadi. 10—26 kundan soʻng aprel oxiri va may oyining boshlarida kapalagi uchib chiqadi. Kapalaklari kechasi uchadi, tuxumini maxsarning gulbarglariga, gul savatchasiga qoʻyadi. 2—5 kundan keyin tuxumdan chiqqan qurtlari barg , koʻsak yoki poyaning ichiga kirib oziqlanadi. Zararlangan shonalar, koʻsaklar tushib ketadi. Iyun—avgustda katta yoshdagi qurtlar oʻsimlik poyasining pastki qismiga tushib, poyani teshib joylashadi, poyaning teshilgan joyining oʻzini ajratgan — ipak iplari bilan berkitib qoʻyadi va shu joyda qishlashga oʻtadi. Maxsar poyasining pastki qismini teshib, mavsumda bir marta avlod qoldiradi.
Kurash choralari: maxsarning sinib tushgan poyalarini va oʻsimlik qoldiklarini yoʻqotish; yerni chuqur shudgorlash.
Sulton Alimuhamedov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |