Jalol Maxsumov
Jalol Nosirovich Maxsumov (1920—yil 12—may Toshkent, 2000—yil 20—may) – sovet olimi, rentgenradiolog, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi muxbir aʼzosi (1969), tibbiyot fanlari doktori (1952), professor (1954). Toshkent tibbiyot akademiyasini bitirgan (1942). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Oʻt pufagi kasalliklarining klinik diagnostikasida bilitrast preparati yordamida xoletsistografiya qilish usulini amaliyotga tatbiq etgan. Ilmiy faoliyati, asosan, meʼda-ichak, oʻt yoʻllari va oʻpka kasalliklarini rentgenradiologik usulda aniqlashga, oʻpka kasalliklari hamda oʻsmalarni rentgen nurlari va gamma-nurlar bilan davolashga bagʻishlangan[1][2][3].
Jalol Nosirovich Maxsumov | |
---|---|
Tavalludi |
20-may 1920 Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Toshkent |
Vafoti | 20-may 2000 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent |
Taʼlimi | Toshkent tibbiyot akademiyasi |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir1920—yil 5—dekabr kunida Toshkent shahrida tavallud topgan.
1937—1942 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olgan. 1942—1945—yillarda Ulugʻ Vatan urushida harbiy shifokor sifatida ishtirok etgan. Urush harakatlari vaqtida snaryad parchasidan zararlangan. Demobilizatsiyadan keyin Toshkentga qaytib kelgan va oʻzini butunlay tibbiyot sohasiga bagʻishlagan.
1946—1980—yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida aspirant, 1949—yildan assistent, 1952—yildan dotsent, 1954—yildan professor, 1962—yildan radiologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. Shu bilan birga, 1962—1975—yillarda Oʻzbekiston SSR Sogʻliqni saqlash vazirligining Ilmiy kengashi raisi, 1976—yilda esa bosh rentgenolog lavozimlarida ishlagan[4].
Ilmiy pedagogik faoliyat
tahrirMaxsumovning asosiy ilmiy-pedagogik faoliyati rentgenologiya sohasidagi muammolar bilan bogʻliq boʻlib, u oshqozon saratonida shilliq qavat relyefining rentgen tasviridagi oʻzgarishlarni aniq tasvirlab berdi va bilitrast xoletsistografiya usulini ishlab chiqdi. 1960—yilda Oʻzbekiston radiologlar ilmiy jamiyati raisi boʻlgan.
Jalol Maxsumov oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak saratoni kasalliklarida rentgenologik diagnostikaning yangi usullarini ishlab chiqgan.
1952—yilda u tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun „O't pufagi kasalliklari diagnostikasi va bilitrastli xoletsistografiya“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1969—yilda SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir aʼzosi, 2000-yilda esa Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining nur diagnostikasi va terapiyasi boʻlimining aʼzosi etib saylangan. Maxsumov rahbarligida bir yuz yigirmaga yaqin ilmiy ishlar, jumladan, yetti monografiya yozildi, uning rahbarligida oʻttiz bitta doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. U Buyuk Tibbiyot Ensiklopediyasining uchinchi nashrida „Radiatsiya diagnostikasi“ boʻlimiga muharrirlik qilgan.
Jalol Maxsumov asosan radiologiya muammolariaga bagʻishlangan 200 ta ilmiya ish va 12 ta monografiyaga mualliflik qilgan.
Vafoti
tahrir2000—yil 5—may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Большая медицинская энциклопедия, 3-е изд, М.: Советская энциклопедия, 1986.
- ↑ Istoriya kafedri
- ↑ Maksumov Djalal Nasirovich / Gosudarstvennaya nauchnaya meditsinskaya biblioteka Ministerstva zdravooxraneniya Respubliki Uzbekistan
- ↑ Maksumov, Djalal Nasirovich
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |