Maxsus pedagogika
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Maxsus pedagogika - jismoniy va ruhiy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalarni tarbiyalash va oʻqitish haqidagi fan. Maxsus pedagogika jismoniy yoki ru-hiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning oʻziga xos oʻquvtaʼlim faoliyatlarini hisobga olgan holda pedagogikaning umumiy tamoyillari asosida rivojlanadi. Maxsus pedagogikaning bosh vazi-fasi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning taʼlimtarbiyasini tashkil etishning ilmiy va nazariy asoslarini yaratish hamda shunga mos defektolog kadrlarni tayyorlashdan iborat. Maxsus pedagogika, shuningdek, bolalarni psixikpedagogik va klinik jihatdan oʻrganish, nuqson sabablarini aniqlash, pedagogik tasniflash va turlarga ajratish, maxsus taʼlim va tarbiya muassasalari sharoitida bolalarga individual muomala qilish, nuqsonli bolalarni jismoniy mehnatga tayyorlash kabi masalalarni ishlab chiqishdan iborat. Maxsus pedagogika qanday nuqsondagi bolalarni oʻrganishiga qarab surdopedagogika, oligofrenopedagogika, tiflopedagogika, logopediya kabi sohalarga boʻlinadi. Bularning har biri umumiy pedagogika tarmogʻini va barchasi birgalikda defektologiyani tashkil etadi. Oʻzbekistonda Maxsus pedagogika boʻyicha muay-yan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, pedagogika institutlarining defektologiya fakultetlari uchun Q.Q.Mamedov, M. I. Soatov va P. M. Poʻlatovalar tomonidan "Oligofrenopedagogika asoslari", L. R. Moʻminova va M. Y. Ayupovalarning "Logopediya" qoʻllanmalari yaratildi. Bulardan tashqari, S. A. Aytmetova, M. Y. Ayupova, D. A. Gordiyenko, Q. Q. Mamedov, L. R. Moʻminova, P. M. Poʻlatova, V. S. Rahmonova, M. I. Soatov, R. Shomahmudova va boshqalarlarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning nuqsonlarini aniqlash, toʻgʻrilash va bartaraf etishning nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan qoʻllanma, dastur, maʼruza matnlari, uslubiy tavsiya va maqolalari eʼlon qilingan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |