Maysa chivini
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Maysa chivini (Hylemyia cilicrura Rd.) — ikki qanotlilar turkumi chin pashshalar oilasiga mansub hasharot; qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandasi. Tanasining uz. 3–5 mm; qoramtir-qoʻngʻir. Kulrang qorni boʻylab qora ingichka yoʻl oʻtgan (erkaklarida yaqqolroq koʻrinadi). Choʻzinchoq tuxumlari (0,9 mm) oq. Lichinkasining (7 mm cha) orqa qismi yoʻgʻonroq, mayda tishchali jagʻi qora, baquvvat. Soxta pillasi choʻziq-ovalsimon (4–5 mm), jigarrang . Yevropa, Shim. Amerika, Sibir, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Gʻoʻza, makkajoʻxori, kungaboqar, gʻalladoshlar va boshqalarga zarar keltiradi. Oʻrta mintaqalarda bir yilda 2—3, jan.da esa 3—4 avlod beradi. Urgochisi tuxumini (1—4) tuproq yuzasi va yorikdariga tarqoq qoʻyadi. 2—10 kunda lichinkalar chiqib, 3—5 sm chuqurlikda yashaydi va makkajoʻxori, sabzavot va boshqa ekinlarning maysasi, turli chirindilar, baʼzan boʻrtgan urugʻ, jumladan, chigit bilan oziqlanadi.
Kurash choralari: tuzoq chuqurlardan foydalanish mumkin. Buning uchun dala atrofida 5—6 ta toʻrtburchak chuqur kavlab, unga insektitsidlar bilan zaharlangan va tuproq aralashtirilgan 10–15 kg kunjara solinadi.
Alovuddin Hamrayev.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |