Meera Jasmine
Jasmine Mary Jozeph (talaffuzi: Jasmin Meri Jozef) - Meera Jasmin nomi bilan tanilgan, hind aktrisasi boʻlib, u asosan Malayalam, Tamil, Telugu va Kannada tillarida suratga tushadi. U 2000-yillarda mashhur aktrisalardan biri edi.
Meera Jasmine | |
---|---|
Tavalludi |
Jasmine Mary Joseph 15-fevral 1982 |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 2001–hozirgi kungacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Anil John Titus (turm. 2014) |
Meera Jasmine 2004-yilda „Paadam Onnu: Oru Vilapam“ filmidagi roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida Milliy kino mukofotini qoʻlga kiritgan va „Eng yaxshi ayol roli“ sifatida Kerala State Film mukofoti va Tamil Nadu State Film mukofotining ikki karra laureati boʻlgan. U, shuningdek, Tamil Nadu hukumatining Kalaimamani mukofotiga ham sazovor boʻlgan.
„The Hindu“ uni „Malayalam kinosi yulduzlari orasida oʻzini tuta oladigan sanoqli aktrisalardan biri“ deb atagan.[1]
Faoliyati
tahrirMeera Jasmine oʻzining debyutini Malayalam tilidagi „Soothradharan“ filmida qilgan.[2] Uning ikkinchi filmi Kamol rejissyori boʻlgan „Gramofon“ boʻlib, filmda u Navya Nair va Dileep bilan birga paydo boʻlgan.
Uning yahudiy qiz roli malayalamlik tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan. Uning uchinchi filmi „Swapnakkoodu“ boʻlib, rejissyor Kamol boshchiligida Prithviraj Sukumaran, Kunchako Boban, Jayasurya va Bhavana bilan birga romantik komediya edi. Uning ijrosi yuqori baholandi va film yuqori tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. Meera yana beshta asosiy qahramon orasida eng koʻp muvaffaqiyat qozongan boʻldi.[3]
U Malayalam kinosida ustozi Lohithadas tomonidan suratga olingan „Kasthooriman“ filmi bilan shuhrat qozondi[4], unda u komediya va sentimental sahnalarni ijro etgan. U „Kasturiman“ filmidagi ijrosi uchun birinchi Filmfare mukofotini oldi. Film 100 kun davom etgan va kassada muvaffaqiyat qozongan.
Oʻsha yili u TV Chandranning mashhur „Padam Onnu Oru Vilapam“ filmida rol ijro etgan. U yoshi kattaroq erkakka turmushga chiqishga majbur boʻlgan 15 yoshli muslima qiz rolini ijro etgan, buning uchun u Davlat mukofoti va Milliy mukofot bilan bir qatorda boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan.[5] Undan keyin Kavya Madhavan bilan birga „Perumazhakkalam“da Raziya rolida paydo boʻlgan. „Achuvinte Amma“ (2005) filmida u yosh, yoqimli Achu obrazini oʻynadi. Keyin u „Rasathanthram“ (2006) filmida Mohanlal bilan juftlashdi. U filmning birinchi yarmida sharoit bosimi tufayli oʻzini oʻgʻilbolacha qiz obrazida suratga tushdi. Film tijorat muvaffaqiyatiga erishdi. Uning Dileep bilan keyingi filmi — „Vinodayathra“, uning rejissyori Sathyan Anthikkad edi. Keyinchalik u tanqidchilar tomonidan eʼtirof etilgan „Ore Kadal“ filmida Mammutti bilan birga suratga tushgan. Film kinofestivallarda namoyish etildi va mukofotlarga sazovor boʻlgan. Uning begunoh oʻrta sinf ayoli sifatida ijrosi tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻlgan. Uning keyingi filmi „Calcutta News“ Dileep bilan birga boʻldi. Uni kino sohasi bilan tanishtirgan Blessi „Calcutta News“ rejissori edi. „Innathe Chintha Vishayam“ (2008) filmida u Sathyan Anthikkad bilan Mohanlal bilan yana toʻrtinchi ketma-ket filmida hamkorlik qilgan, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadi. Uning keyingi filmlari Kamal bilan „Minnaminnikoottam“ va Lenin Rajendran bilan „Rathri Mazha“ filmlari mufaffaqiyatsiz boʻlgan.
Filmografiyasi
tahrirYil | Nom | Rol | Til | Izohlar |
---|---|---|---|---|
2001 | Soothradharan | Shivani | Malayalam | Malayalam tilida debyut film |
2002 | Run | Priya | Tamil | Tamil debyut filmi |
Bala | Aarthi | Tamil | ||
2003 | Kasthoorimann | Priyamvada | Malayalam | |
Pudhiya Geethai | Sushi | Tamil | ||
Gramophone | Jennifer/ Jenny | Malayalam | ||
Swapnakkoodu | Kamala | Malayalam | ||
Anjaneya | Divya | Tamil | ||
Paadam Onnu: Oru Vilapam | Shahina | Malayalam | ||
Joot | Meera | Tamil | ||
Chakram | Indrani | Malayalam | ||
2004 | Ammayi Bagundi | Janani, Satya |
Telugu | Telugu debyut film |
Aayutha Ezhuthu | Sasi | Tamil | ||
Maurya | Alamelu | Kannada | Kannada debyut film | |
Gudumba Shankar | Gowri | Telugu | ||
Perumazhakkalam | Raziya | Malayalam | ||
2005 | Achuvinte Amma | Ashwathy/ Achu | Malayalam | |
Bhadra | Anu | Telugu | ||
Kasthuri Maan | Uma | Tamil | ||
Sandakozhi | Hema | Tamil | ||
2006 | Mercury Pookkal | Anbu Chelvi | Tamil | |
Rasathanthram | Kanmani/ Velayuthankutty | Malayalam | ||
Raraju | Jyothi | Telugu | ||
2007 | Arasu | Aishu | Kannada | |
Maharadhi | Kalyani | Telugu | ||
Thirumagan | Ayyakka | Tamil | ||
Vinodayathra | Anupama/ Anu | Malayalam | ||
Parattai Engira Azhagu Sundaram | Shweta | Tamil | ||
Yamagola Malli Modalayindi | Aishwarya | Telugu | ||
Ore Kadal | Deepti | Malayalam | ||
2008 | Calcutta News | Krishnapriya | Malayalam | |
Innathe Chintha Vishayam | Kamala | Malayalam | ||
Nepali | Priya | Tamil | ||
Minnaminnikoottam | Charulatha/ Charu | Malayalam | ||
Rathri Mazha | Meera | Malayalam | ||
Gorintaku | Lakshmi | Telugu | ||
Maa Ayana Chanti Pilladu | Rajeswari | Telugu | ||
2009 | Mariyadhai | Chandra | Tamil | |
Bangaru Babu | Meera | Telugu | ||
A Aa E Ee | Kalyani Chandram | Telugu | ||
Devaru Kotta Thangi | Lakshmi | Kannada | ||
2010 | Aakasa Ramanna | Tara | Telugu | |
Sivappu Mazhai | Samyuktha | Tamil | ||
Ijjodu | Cheeni | Kannada | ||
Pen Singam | Meghala | Tamil | ||
Hoo | Jasmine | Kannada | ||
Paattinte Palazhy | Veena | Malayalam | ||
Four Friends | Gowri | Malayalam | ||
2011 | Ilaignan | Meera | Tamil | |
Mohabbat | Sajna | Malayalam | ||
Mambattiyan | Kannaathal | Tamil | ||
2012 | Aathi Narayana | Laila | Tamil | |
2013 | Lisammayude Veedu | Lisamma | Malayalam | |
Ladies and Gentleman | Aswathy/Achu | Malayalam | ||
Moksha | Moksha | Telugu | ||
Ms Lekha Tharoor Kaanunnathu | Lekha | Malayalam | ||
2014 | Inga Enna Solluthu | Rajeshwari | Tamil | |
Vingyani | Kaveri | Tamil | ||
Onnum Mindathe | Syama | Malayalam | ||
2015 | Ithinumappuram | Rukmini | Malayalam | |
2016 | Pathu Kalpanakal | Shazia Akbar | Malayalam | |
2018 | Poomaram | Oʻzi | Malayalam | |
2022 | Makal | Juliet | Malayalam |
Manbalar
tahrir- ↑ „Striking the right chord“. The Hindu (5-mart 2010-yil). 26-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2013-yil.
- ↑ „Meera Jasmin“. The Hindu (11-noyabr 2002-yil). 8-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2011-yil.
- ↑ „Youth Stuff“. The Hindu (15-sentabr 2003-yil). 29-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2011-yil.
- ↑ „Looking back at Malayalam writer-director AK Lohithadas and his women characters“. The News Minute.
- ↑ „'Shwaas' adjudged the best film“. The Hindu (15-avgust 2004-yil). 13-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2011-yil.