Megrel echkilari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Megrel echkilari - suti uchun boqiladigan echki zoti. Vatani — Fapbiy Gruziya (Megreliya). Pasttekislik va togʻ Megrel echkilari mavjud. Pasttekislik Megrel echkilari maydaroq, gavda tuzilishi nozik, vazni 35–40 kg , lekin sersut, mavsumda (6—8 oy) 350—400 (baʼzilari 800— 1000) kg sut beradi, sutining yogʻliligi 4—4,5%. Togʻ Megrel echkilarining gavda tuzilishi mustahkam, suyakdor, vazni 40–45 kg . Takalarining oʻrtacha vazni 55–65 kg . 100 ta ona echkidan 130—140 ta uloq olinadi. Megrel echkilarining rangi, asosan. oq va och kulrang , juni dagʻal, qisqa, tivitli, terisi yupqa, pishiq. Sutdor echki zotlarini yaratish va ularni ta-komillashtirishda Megrel echkilaridan foydalanish mumkin.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |