Umumiy maʼlumot

tahrir

Jarohat va uning atrofini mexanik usul bilan tozalash jarrohlar eʼtiborini koʻpdan buyon tortib kelgan. Bu esa oʻz navbatida mikroorganizmlar uchun asosiy oziqlantiruvchi muhit boʻlgan oʻlgan va oʻliishi muqarrar toʻqimalarni jarohatdan kesib olib tashlash mexanik antiseptikaning vazifasi hisoblangan. Undan asosiy maqsad jarohatga birinchi jarrohlik ishlov berishdir. Rus xirurgi A.Charukovskiy 1836-yilda o ‘zining „Harbiy-dala meditsinasi“ kitobida lat yeyishda hosil boigan jarohatlarni kesilgan, yaʼni chekkalarni tekis jarohatga aylantirish va uni tez-tez tikish yoii bilan davolash kerak, deb yozgan va yangi jarohatlarni birlamchi ishlash va tikish choralarini eslatib oʻtgan. 1898-yilda Fridrix bunga ilmiy yondashib jarohatga tushgan infeksiyani yoʻqotish va uning asoratsiz bitishini ta ’minlash uchun uning chetlarini va tubini sogiom toʻqima chegarasigacha operatsiya yoʻli bilan olib tashlashni taklif qildi. Operatsiya yoʻli bilan kesilgan jarohat chetlari tekis bolganligi uchun tikilganda yaxshi bitadi. Bu davolash usuli avvallari Abu Ali ibn Sinoga ham m aʼlum edi. Biroq mexanik antiseptika jarohatning birlamchi ishlash usulini taklif qilgan Fridrixning bu boradagi xizmatlari katta. Jarohat hosil boʻlgandan 6-12 soat oʻtmasdan bajarilganda tekis chandiq hosil qiladi va yaxshi natija beradi.[1]

Mehanik antiseptika komponentlari

tahrir
  1. Jaroxat atrofini tozalash: (efir bilan, benzin bilan, furasillin bilan, yog va boshkalar bilan).
  2. Jaroxat atrofini sochlardan tozalash.
  3. Operasiya maydoniga spirt va yod bilan ishlov berish.
  4. 0,5% li novokain eritmasi bilan anesteziya.
  5. Jaroxatning oʻzini vodorod peroksidi va furatsilin eritmalari bilan yuvish.
  6. Skalpel bilan jaroxat chekkalarini, devorlarini va tubini, shu jumladan oʻlik, hayotga layoqatini yoʻqotgan toʻqimalarni kesib olib tashlash.
  7. Gemostaz.
  8. Qavatma-qavat choklar quyish bilan jaroxat chekkalarini yakinlashtirish.
  9. Yod bilan ishlov berish.
  10. Aseptik bogʻlam qoʻyish.

Manbalar

tahrir
  1. Oripov, O'ktam. Umumiy Xirurgiya, ikkinchi nashr, Yangi asr avlodi, 2008-yil — 22-23-bet. ISBN 978-9943-08-238-0.