Mehmed Uzun (1953-yil 1-yanvar – 2007-yil 10-oktabr) – turkiyalik yozuvchi. Turkiyaning Shanliurfa viloyati Siverek shahrida tugʻilgan. 1920-yildan 1990-yilgacha Turkiyada kurd tili taqiqlangan boʻlsa-da, u ushbu tilda asar yozgan. Zamonaviy kurd adabiy tilini shakllantirish va kurdlarning hikoya qilish anʼanasini qayta tiklash yoʻlida koʻp yutuqlarga erishgan. 1977–2005-yillarda u siyosiy qochqin sifatida Shvetsiyada yashab, kurd tilida oʻnlab roman va esselar yozgan. 2005-yil iyun oyida Istanbulga qaytib kelgan. PEN klubi va Shvetsiya yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan. 2006-yil 29-mayda unda oshqozon saratoni borligi aniqlandi[1]. Stokgolmdagi Karolinska universiteti kasalxonasida davolangach, Turkiyaning Diyarbakir shahriga qaytib kelgan. 2007-yil 10-oktyabrda 54 yoshida vafot etgan.

Mehmed Uzun
Tavalludi 1-yanvar 1953-yil
Vafoti 10-oktyabr 2007-yil(2007-10-10)
(54 yoshda)
Diyarbakir, Turkey
Ijod qilgan tillari Kurd tili, Turk tili va Shved tili
Fuqaroligi Turkiya va Shvetsiya

Ishlari

tahrir

Uzun kurd tilida yettita roman nashr ettirgan. Mehmed Uzun 1985-yilda zamonaviy kurd romani boʻyicha oʻzining birinchi ishi – „Tu“ (Sen)ni nashr ettirdi. Romanlari 1990-yillarda Yevropa tillariga tarjima qilina boshlagan. Uning ikkita kitobi shved tilida nashr etilgan: Granatäppelblomning (Anor gullari) va „I skuggan av en förlorad kärlek“ (Yoʻqolgan sevgi soyasida) romani. Uzun 2001-yilda hikoya qilish anʼanasidagi ishi uchun Torgny Segerstedt mukofotiga sazovor boʻlgan.

Turkiya hukumati bilan ziddiyat

tahrir

Mehmed Uzun Turkiyada kurd adabiyoti sohasidagi faoliyati tufayli bir necha bor ayblangan. 1976-yil 21-martda hibsga olingan va „separatizm“da ayblanib, Anqara markaziy qamoqxonasiga qamalgan. 1976-yilning yozida sudda u kurdlar va kurd tilining mavjudligini isbotlashga urindi. Prokurorning argumenti koʻra, kurdlar va ularning tilining mavjud emas edi. Buning aksini daʼvo qilgan har bir kishi separatist hisoblanib, unga nisbatan jazo qoʻllangan. U sakkiz oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. 1977-yilda Shvetsiyaga joʻnab ketdi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Kurdish media -Famous novelist Mehmed Uzun has cancer Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.
  2. „Turkish Migrant Writers1 in Europe: Mehmed Uzun in Sweden and Aras Ören in West Germany“ (2016-yil 21-iyun). Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.