Mehmondagi gollar qoidasi[1]– bu pley-оff bosqichida toʻqnash kelgan ikki raqobatchi jamoa oʻzlarining qarama-qarshi oʻyinida durang bilan yakunlagan vaziyatni hal qilish uchun qoʻllanadigan usul hisoblanadi. Undan futbol va boshqa raqobatbardosh sport turlarida (masalan, qoʻl toʻpi) gʻolibni aniqlashda foydalaniladi.

Qoidaga koʻra, ikkita oʻyinda urilgan gollarning umumiy hisobi teng boʻlsa, oʻyinchilarning „safarda“ yoki „mehmonda“, ya’ni raqib maydonida koʻproq gol urgan jamoa juftliklari gʻolib deb topiladi. 2021-yilning iyun oyida UEFA (Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi) tomonidan oʻz tashkiloti homiyligidagi barcha turnirlarda ushbu qoida rasman bekor qilindi.[2]

Tarixi

tahrir

Ushbu qoida koʻplab yirik futbol turnirlarida qoʻllanadi va amaldagi mavjud boshqa usullar bilan bir qatorda durang holatini hal qilish yoʻllaridan biri ya’ni – kumush gol qoidasi, oltin gol qoidasi, penaltilar seriyasi sifatida xizmat qiladi.

Yevropa futbolida mehmonda gol urish qoidasi birinchi marta 1965/1966-yilgi mavsumda Yevropa kubogi egalari kubogida qoʻllangan. Shuningdek, 1966—1967-yillarda Adolatli shaharlar kubogida, 1967—1968-yillarda Chempion klublar kubogi bosqichida, 1968—1969-yillarda ikkinchi bosqichda va 1970—1971-yillarda keyingi bosqichlarda foydalanilgan.

2021-yilda UEFA 2021/2022-mavsumdan boshlab barcha Yevropa musobaqalari uchun safar gollari qoidasini bekor qilgan[3].

Endi yangi qabul qilingan Nizomga, koʻra ikkala uchrashuv yakunida jamoalar teng miqdorda gol urgan boʻlsa, mehmonda koʻp gol urgan jamoa gʻalaba qozonmaydi. Gʻolibni qoʻshimcha vaqt, yoki оʻyindan keyingi penaltilar seriyasi yordamida aniqlanishi belgilangan.

Shartlari

tahrir

Qoida bir xil stadiondan foydalanadigan ikkita jamoa turnirda toʻqnash kelganda ham amal qiladi. Misol uchun, 2002—2003-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalida „Inter“ va „Milan“ oʻzaro toʻqnash kelishgan va ikkala oʻyin „Djuzeppe Meazza“ stadionida oʻtkazilgan. Qayd etilgan natijalar:

  • Birinchi oʻyin: „Milan“ 0:0 „Inter“[4]
  • Javob uchrashuvi: „Inter“ – „Milan“ 1:1[5]

va umumiy natija 1:1 boʻlgan boʻlsa-da, „Milan“ ikkinchi oʻyinda mehmon jamoa boʻlgani uchun keying bosqichga chiqgan. Bu kabi misollar amaliyotda koʻp uchraydi, chunki har ikki oʻyinda hisob bir xil boʻlsa, ikkinchi oʻyinni mehmonda oʻtkazayotgan jamoa qoʻshimcha vaqtda ustunlikka ega boʻladi.

Masalan, Braziliyada boʻlib oʻtadigan Copa do Brasil oʻyinlarida reglamentda shunday holatga duch kelsa, oʻsha turda mehmondagi gol ishlatilmasligi koʻrsatilgan. Bu holat 2006-yilda „Flamengo“ va „Vasko da Gama“ oʻrtasidagi ikki oʻyinli final bahsida uchragan va qoida qoʻllanilmagan.

Shuningdek, 2008-yilda UEFA kubogi chorak finalining ikkala bahsida ham „Хеtafe“ (Ispaniyaning professional futbol klubi) va „Bаvariya“ (Myunxen shahridagi professional nemis futbol klubi) oʻrtasidagi asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan, ammo „Bаvariya“ yarim finalchiga aylangan, chunki „Хеtafe“ va „Bavariya“ qoʻshimcha daqiqalarda ikkita gol almashgan.[6] Ammo qoʻshimcha vaqtda ikkinchi oʻyinni mehmonda oʻtkazayotgan jamoaning ustunligi, qarama-qarshilikning javob oʻyinini uyda emas, aynan shu jamoa mehmonda oʻtkazishi bilan bekor qilinadi.

Ba’zi turnirlarda bu qoida barcha bosqichlarda qoʻllanilmaydi. Bunga Libertadores kubogining pley-off bosqichlarida qoʻllanilib, final oʻyinlarida ishlatilmaganini misol qilib keltirish mumkin. Masalan, 2008-yilda Ekvadorning “LDU Kito“ klubi yarim finalda Meksikaning “Amerika“ jamoasini faqat „mehmondagi“ goli evaziga magʻlub etgan (Mexikoda 1:1, Kitoda 0:0). Finalda „Fluminense“ bilan oʻyinlarda umumiy hisobda 5:5 (Kitoda 4:2, Rio-de-Janeyroda 1:3) hisobi qayd etilgan. Agar mazkur uchrashuvlarda ushbu qoida qoʻllanganda Braziliya klubi gʻolib deb e’lon qilingan boʻlardi.

Biroq, qoʻshimcha vaqt va penaltilar seriyasi belgilangan, bunda ekvadorliklar mehmonda boʻlishgani va durang natija qayd etganligi sabab ustunlikka ega boʻlgan[7].

Manbalar

tahrir
  1. „Свой среди чужих. Рассуждения о "правиле выездного гола"“ (2017-yil 16-mart). 2018-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
  2. „УЕФА отменил правило выездного гола. Без него «Зенит» не выиграл бы Кубок УЕФА“ (ruscha). sport-express.ru (24-iyun 2021-yil). 8-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2021-yil.
  3. UEFA.com. „Abolition of the away goals rule in all UEFA club competitions | Inside UEFA“ (inglizcha). UEFA.com (24-iyun 2021-yil). 16-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2021-yil.
  4. „UEFA Champions League - History - Matches“ (inglizcha). UEFA.com. 12-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2018-yil.
  5. „UEFA Champions League - History - Matches“ (inglizcha). UEFA.com. 12-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2018-yil.
  6. „UEFA Champions League, UEFA Cup 2007-08“. rsssf.com. 23-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2018-yil.
  7. „Copa Libertadores 2008“. www.rsssf.com. 22-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2018-yil.