Mehnat iqtisodiyoti - jamiyatda mehnatni tashkil etish hamda ish kuchidan foydalanishning samaradorligini ifodalovchi ishlab chiqarish munosabatlarining oʻziga xos xususiyatlari maj-mui; mehnatning ijtimoiy tashkil etilishini hamda mehnatga haq toʻlash tizimini oʻrganuvchi fan.

Mehnat iqtisodiyotining predmeti — texnikaviy, tashkiliy, kadrlar yoki boshqa harakterdagi omillar taʼsirida qaror to-padigan ijtimoiy-iktisodiy munosabatlardir. Mehnat iqtisodiyoti — fan sifatida mehnat munosabatlari sohasidagi qonuni-yatlarni, ish bilan bandlik, mehnat unumdorligi, mehnatga haq toʻlash, uning samaradorligi, mehnatni tashkil etish va normalashtirish kabi masalalarni oʻrganadi.

Mehnat faoliyatini tashkil etish, mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish, mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishi, aholining ish bilan bandligi va ishsizlik, aholining turmush darajasi va daromadlari, xodimlarning ish haqini tashkil etish, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish, mehnat unumdorligi, mehnat koʻrsatkichlarini tahlil etish Mehnat iqtisodiyotining mazmunini tashkil qiladi.

Mehnat iqtisodiyoti oʻz tadqiqotlarida statistik va matematik usullardan foydalanadi.

Mehnat iqtisodiyoti fani nisbatan yangi fanlar guruhiga kiradi. Bu fan iqtisodiyot nazariyasittg bir boʻlimini tashkil etgan boʻlib, u oʻtgan asrning 70-yillarida alohida fan sifatida shakllandi.

Oʻzbekistonda ham Mehnat iqtisodiyoti muammolarini oʻrganish oʻz tarixiga ega. 1962-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (hozirgi Toshkent iqtisodiyot universiteti)da Mehnat iqtisodiyoti boʻyicha mutaxassislar tayyorlovchi ixtisoslik ochildi.

Oʻzbekistonda Mehnat iqtisodiyoti fanining rivojlanishida Oʻzbekiston FA akad. R.A. Ubaydulyaayeva, professorlar Q. X. Abdurahmonov, D. Rahimova, A. Sotvoldiyev, Qoraboyeva H., Jumayeva S., Sh.R. Xolmoʻminov, A. Sh. Nazarov, X. M. Hakimov, Z. Xudoyberdiyev, L. Allaxverdiyeva, L. Maksakovalarning ilmiy tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega.

Adabiyot

tahrir
  • Erenberg R.X., Smit R.S., Sovremennaya ekonomika truda, M., 1996; Abdurahmonov Q.H. va boshqa, Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, T., 2001.

Qalandar Abdurahmonov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil