Mehnat nizolari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mehnat nizolari - amaldagi mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni tadbiq etish yoki yangi mehnat shartlarini belgilash yoxud mavjud shartlarini oʻzgartirishga doir masalalar boʻyicha yuzaga keladigan va qonunda oʻrnatilgan tartibda hal etiladigan kelishmovchiliklar. Mehnat nizolarini hal etish bilan bogʻliq barcha masalalar OʻzRning Mehnat kodeksi (259—281moddalar), Fuqarolik protsessual kodeksi (1, 5, 6, 31, 110, 149, 158, 185, 219, 239, 259moddalar)da koʻrsatib oʻtilgan. Mehnat nizolari yakka tartibdagi Mehnat nizolari va jamoaga doir Mehnat nizolariga boʻlinadi. Ya kka tartibdagi Mehnat nizolari — ish beruvchi va xodim oʻrtasida mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasipz. nazarda tutilgan mehnat shartlarini qoʻllanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Jamoaga doir Mehnat nizolari — ish beruvchi va xodimlar jamoalari oʻrtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash va mavjud shartlarini oʻzgartirish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, oʻzgartirish va bajarish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar mehnat shatnomasida qatnashuvchi har 2 tarafning harakati yoki harakatsizligi natijasida kelib chiqishi mumkin. Har qanday kelishmovchiliklarhamM.n. darajasiga borib yetmaydi. Yuzaga kelgan kelishmovchiliklar mehnat huquqi subʼyektlari tomonidan turlicha baholanishi mumkin. Baholashdagi kamchiliklar Mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organga murojaat qilingandan boshlab Mehnat nizolari darajasiga borib yetadi.
Mehnat nizolarini Mehnat nizolari komissiyasi va sud koʻrib chiqadi. Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun, oʻz xohishiga koʻra, Mehnat nizolari komissiyasi yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli. Mehnat nizolari, odatda, yo xodimning mehnat huquqini buzish bilan, yoki asossiz talab oqibati bilan bogʻliq boʻladi. Mehnat nizolariga olib keluvchi keng tarqalgan sabablar quyidagilar: mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarni buzish; xodimlarning oʻz mehnat maj-buriyatlarini bajarmasligi yoki vijdonan bajarmasligi (progullar, ishga kech qolib kelish va boshqalar) va ish beruvchi tomonidan qoʻllaniladigan taʼsir choralariga notoʻgʻri munosabatda boʻlish; ish beruvchi va xodimlarning amaldagi huquq normalarini turlicha tushunishi, xodimlarning oʻz huquqyaarini notoʻgʻri tushunishi va boshqa
Gulnora Sarimsoqova.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |